Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Khushvaktov

Telegram kanalining logotibi aziz_bakhtiyarovich — Aziz Khushvaktov A
Telegram kanalining logotibi aziz_bakhtiyarovich — Aziz Khushvaktov
Kanal manzili: @aziz_bakhtiyarovich
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

Android developer. || 23 y.o || IT va boshqa mavzulardagi shaxsiy fikrlarim.

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-02 03:23:36 Komputerda ishlaganda ko'pchilik klaviaturada tez yozishda qiynalishadi. Klaviaturaga qaramasdan tez yozishni o'rganishni iloji bor. Buning uchun quyidagi saytlar orqali mashq qilishingiz mumkin:

typing.com ( shu saytdan boshlashni tavsiya qilaman )
monkeytype.com
typeracer.com ( nisbatan qiyinroq )
typerush.com
keybr.com
10fastfingers.com
q.1001.ru ( krill harflarida yozishni ham o'rganish mumkin )
146 viewsАзиз, 00:23
Ochish/sharhlash
2022-03-30 10:07:27 Ojiz qolganimizda, qoʻlimizdan hech narsa kelmay qolgan payt ham, hech boʻlmasa orzu qilish kerak ekan. Har holda orzu qilishga har kim qodir.

2010 yil Work & Travel dasturi orqali AQSHga borganimda, Lifeguard (suvda qutqaruvchi) boʻlib ishlaganman, va sovuq oʻtgan shekilli tishim qattiq ogʻrib qolib muddatidan erta ortga qaytishimga toʻgʻri kelgan. Oʻsha payt men bilan borgan doʻstlarim buni yaxshi bilishadi. Ular mendan soʻng ancha qolishdi AQSHda.

Toʻgʻrisi muddatidan oldin ortga qaytish juda alam qilgan. Chunki 20 yoshlik yigit, AQSHda, maza qilib yurgan edim, ishlab, oʻrganib, doʻstlar orttirib, sayohat qilib.

Qaytar ekanman, Chicagodagi OʻHare aeroportida oʻtiribman, parvozimni kutib. Aeroport oynasidan shundoq uni yonida joylashgan Hilton mehmonxonasi koʻrinib turardi. Zerikdim. Qoʻlimda notebook bor edi, yangi sotib olgan edim, ochdim-da yoza boshladim. Ichimdagi alamni yozdim, qaytib ketayotganim haqidagi hislarimi yozdim, va oxirida taxminan shunday jumlalar bor edi. “Xudo xohlasa shu yerga yana albatta qaytib kelaman. Chicagoda yashayman. Erta qaytayabman-mi uyimga, yana kelaman AQSHga. Endi nafaqat oʻzim, balki butun oilam bilan kelaman. Kelaman va shu Hiltonda turaman 1-2 kun!!!”. Ortidan 3 ta undov ham bor, xuddi oʻzimga-oʻzim vaʼda berganday.

Oradan yillar oʻtdi. U yozganlarim esimdan ham chiqib ketdi. Kompyuter ham yoʻq boʻlib ketdi eskirib. 2015 yil AQSH ga qaytdim magistratura oʻqishga. Los Angeles, Californiya. Magistraturani tugatdim, maqsad AQSHda qolish. Vizaga sponsorlik qilib bera oladigan ish qidira boshladim. EPAMga kirdim, AQSHda turib, ular hali Oʻzbekistonga kelishmagan edi. Google ga ishlaysan deyishdi, San Franciscoga koʻchib oʻtishing kerak dedi, H1B visa qilib berishdi. Yoʻq dedim. Forte Group ga kirdim, ular Chicagoga koʻchib oʻtasan, Green Cardta qilib beramiz deyishdi. Menga Forte koʻproq yoqdi, qolaversa San Franciscodan koʻra Chicago yashashga arzonroq edi. Beixtiyor hoʻp dedim (xuddi Alloh meni boyagi orzuyimga, niyatimga boshlab borayotganday). Lekin Chicagoga qaytaman deb 7-8 yil oldin yozgan notelarim esimda ham yoʻq.

Chicagoga koʻchib oʻtdik oilaviy. Los Angeles dan poyezda keldik, yuklarimiz koʻp boʻlgani uchun. Yashab yurdik, bir necha hafta oʻtdi. Bir doʻstimiz Chicagoga kelishi kerak bo'lib qoldi, aeroportga uni kutib olishga chiqdim. Aeroportga yetib borar ekanman, tanish manzaradan qotib qoldim. Aeroport va uni yonida joylashgan Hilton mehmonxonasi! Hotiralarim birin-ketin koʻz oldimdan oʻta boshladi. Hammasi esimga tushdi! Qidirib borib bundan 7-8 yil oldin oʻtirib yozgan kursimni ham topdim, turibdi (yerga qotirilgan). Uyga yetib bormagunimcha 2010 yildan qolgan xotira miyamda tinmay aylandi, Allohni ishlariga, nega kelishni reja ham qilmagan joyimga, Chicagoga aylanib-oʻrgilib qaytib kelib qolganimni tushunganday boʻldim.

Uyga kelib ayolim va qizimga boʻlganlarni va xotiralarimni aytib berdim. Ular hayron. Onasi, qiladigan yana bitta ishimiz qoldi dedim. Telefonni qoʻlimga oldimda Hiltonga qoʻngʻiroq qilib ertagilikka bitta lux xona book qilib qoʻydim. Ertasiga keldik, oilaviy, Hiltonda 1 kun orzularimizni yashab ketdik, atayin!

Shundan beri Chicagoga bogʻlanib qoldim. Niyat ketgan ekan :)

@ZafarbekIbrohimov
131 viewsАзиз, 07:07
Ochish/sharhlash
2022-03-27 22:18:06 Ijtimoiy tarmoqlarda hamma narsa osondek tuyulishi mumkin. Lekin unutmang, turli xil motivatsion videolarni chiqarayotgan odamlar qaysidir biznes egasi va ular aynan o'zlarining foydasi uchun harakat qilishadi. Har bir sohaning yaxshi tomonlarini oshirib ko'rsatishga harakat qilishadi. Motivatsion videolarga ko'p ham ishonavermang. Hech narsa videolardagi kabi oson emas.#Media_qurboni_bolib_qolmang!
587 viewsАзиз, 19:18
Ochish/sharhlash
2022-03-04 17:16:49 1. Visibility modifier || Access modifier ( Java & Kotlin )
2. Enumeration ( Java & Kotlin )
3. Collections | part 1 ( Java & Kotlin )
4. Collections | part 2 ( Java & Kotlin )
5. Generics ( Java & Kotlin )
6. Exceptions ( Java & Kotlin )
7. Class | part 1 ( Java & Kotlin )
8. Class | part 2 ( Java & Kotlin )
9. Encapsulation ( Java & Kotlin )
10. Constructors ( Java & Kotlin )
11. Inheritance ( Java & Kotlin )
12. Abstraction ( Java & Kotlin )
13. Interface ( Java & Kotlin )
14. Polymorphism ( Java & Kotlin )
15. Data, Sealed class ( Kotlin )
16. Extensions ( Kotlin )
17. Delegates ( Kotlin )
18. Permissions
19. CMD orders

Core intermediate and advanced. Java yoki Kotlin dasturlash tillarini o'rganayotlar uchun notion.co'da yozgan ma'lumotlarim. 0 dan boshlaganlar uchun emas.
175 viewsАзиз, edited  14:16
Ochish/sharhlash
2022-01-26 20:50:07 Qiyin yo‘llar qariganda kelsa, kuchsiz bo‘lib qolganda kelsa, undan yomoni yo‘q.

Men aytmoqchi bo‘lganim, bunday sinovlar, ochlik sinovlari, pulsizlik sinovlari, yolg‘izlik sinovlari, bu narsalarni yoshlikda yengish oson.

Shunday ekan, Alloh taolo bizga yosh ekanmiz, baquvvat ekanmiz, qiyinchilik davrlarni bersa, biz yengib o‘tsak o‘shanda haqiqiy oltin davr bo‘ladi. Bizga eng ko‘p saboqlarni bergan hayotimizning eng qimmatli davri o‘sha bo‘ladi.


Abdukarim Mirzayev, jurnalist, rejissor
130 viewsАзиз, 17:50
Ochish/sharhlash
2022-01-26 20:32:47
Axror Mamasodirov
Senior Java backend developer & Mentor
109 viewsАзиз, 17:32
Ochish/sharhlash
2022-01-20 08:38:58 Qonunlar o'rgimchak to'riga o'xshaydi. Kichik pashshalar tutiladi, katta qovoqarilar to'rni teshib o'tadi.

Onore de Balzak
161 viewsАзиз, 05:38
Ochish/sharhlash
2022-01-18 07:45:56 #mulohaza

Bilmayman

Nobel mukofotini olgan olimlar, ziyolilar o'tirgan davra videosi Youtube'ga qo'yilgan ekan. 2019- yilgisini ko'rib qoldim. Mana shu joyida intervyuer bergan savoliga "bilmayman" deb javob berishadi.

MFaktor'da bir necha daqiqa davomida Behzod Hoshimov bilmasligimiz haqida gapirib, tushuntirmoqchi bo'ldilar. Shunda ham "rostgo'y odamlarning javobi: bilmayman" bo'ladi deydilar.

Ko'p guvohi bo'lganman, aqlli, bilimli, o'qimishli odamlar "uni o'ylab ko'rish kerak", "bu savolning javobi qiyin" deb aytishadi. Lekin xuddi o'sha savolga taksistlarimizda javob tayyor doim.

Hatto bir kommentda bilmasangiz men aytaman deb siyosiy tahlillar ham yozishgan.

Menimcha, bilmaslik umuman ayb emas, bilishni istamaslik ayb.
Bilishni istayapmizmi, hali hammasi yaxshi.


@davronovsblog
148 viewsАзиз, 04:45
Ochish/sharhlash
2022-01-17 21:52:07 Daraxt bir joyda ko'karadi

-O'zbek xalq maqoli
114 viewsАзиз, 18:52
Ochish/sharhlash