2023-04-27 06:13:20
ko'z yoshingni art,
boshingni ko'tar!
qaltiratma tizzalaringni.
cho'chima (qattiqroq yo'tal!)
bo'ronlarga bo'shatib ber
yurak qa'ringni.
ojizliging sezmasin birov,
yo'qsa boshing qolar xatarda.
zarbalarga berolmasang dov,
chiqarib tashlashar qatordan.
har lahzani mardona yasha,
tekkunicha o'lim qamchisi.
kuchsizman deb qilma xarhasha,
tug'uldingmi,
demak jangchisan!
27 viewsРинатовна, edited 03:13