Get Mystery Box with random crypto!

Unicorn Grant dasturi boʻyicha sarhisob Space Academy va N | Unicorn grant loyihasi Space Academy / Nisa School

Unicorn Grant dasturi boʻyicha sarhisob

Space Academy va Nisa Ladiesʼ School hamkorligida tashkil etilgan Unicorn Grant loyihasining ilk qabuli nihoyasiga yetdi. Biz bilim olishga ehtiyoji eng kuchli, imkoniyati esa juda oz boʻlgan yoshlar bu imkoniyatdan birinchilar safida foydalanishlarini istadik va shu sabab, grant haqida ko‘proq insonlarni boxabar qilishga urindik.

Grant haqidagi xabar 700 000 dan ortiq yoshlarga yetkazildi. Ulardan 1,5 ming nafar yoshlar loyihaga qiziqish bildirishdi. Grant dasturida qatnashish uchun yuborilgan arizalar soni jami 272 tani tashkil qildi. Va grant uchun onlayn va oflayn saralashda qatnashishi mumkin boʻlgan ishtirokchilar ro‘yxati aniqlandi.

Keyin esa, qatʼiy nazorat va odilona baholash asosida oʻtgan saralash bosqichlari orqali 103 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va kasb o‘rganishga ishtiyoqi balandligini ko‘rsatib bergan nomzodlar grant gʻoliblari sifatida tanlandi.

Grantga munosib koʻrilgan barcha qatnashchilarni tabriklagan holda, dastur uchun tavsiya etilmagan yoshlardan ruhiyatlarini choʻktirmaslikni, hamisha olgʻa intilishlarini soʻrab qolamiz.

Loyihaga ishonch bildirganingiz uchun Space Academy va Nisa Ladies' School jamoasi sizlarga cheksiz minnatdorchilik bildiradi!

Grant sohibalari @spacexnisagrant ga murojaat qilib yanada batafsil ma'lumot olishingiz mumkin