Get Mystery Box with random crypto!

Yiliga 500 mingta avtomobil: UzAuto Motors ishlab chiqarish ha | Avto olam

Yiliga 500 mingta avtomobil:
UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi.

General Motors 2023-yilda UzAuto Motors zavodiga avtomobil ishlab chiqarish hajmini 500 000 donagacha oshirishga ko‘maklashadi. Ishonchli manbalarning keltirishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda General Motors konserni bilan muzokaralar olib borgan.

Tomonlar hamkorlikni faollashtirish va UzAuto Motors’ning 3 ta zavodida 2023-yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini bir yarim barobarga — 500 ming donagacha oshirishga kelishishdi.

Ushbu rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida «O‘zavtosanoat» AJ rahbari Shavkat Umurzakov va boshqa soha rahbarlari Asaka shahriga jo‘nab ketishdi.

General Motors kompaniyasi mikrochip qismlari, boshqaruv mikrosxemalari va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan bort elektronikalari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga yordam beradi.

Ishlab chiqarish hajmining oshishi avtomobil uchun navbatlarni qisqartirish imkonini beradi.


@Avtoo_Olam