Get Mystery Box with random crypto!

​Yangilikni 'ZOʻRI' 'Uzbekistan Airways'ning 28-avgust kuni | Aviatsiya Uz | Rasmiy kanal

Yangilikni "ZOʻRI"

"Uzbekistan Airways"ning 28-avgust kuni amalga oshirilgan HY-201 yani Toshkent - London reysida yoʻlovchilarning yuklari oʻz manziliga yetkazilmadi. Bu haqida "Uzbekistan Airways"ning Axborot xizmati oʻz Telegram kanalida rasmiy bayonot berdi.

Bunga Airbus A320neo havo kemasining "cheklangan tijorat yuklanishi" sabab qilib koʻrsatilgan. Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o‘rinni tashkil etishi, bu esa 2210 kg miqdorida bo‘lganligini anglatadi deyilgan. Ayni paytda HY-201 reysi yo‘lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 30-avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkazilishi aytilgan. Yuk barcha yo‘lovchilarga yetkazib berish xizmati tomonidan ko’rsatilgan manzilga bepul yetkazib berilishi taʼkidlangan.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun HY-201 aviaqatnovi yo’lovchilaridan aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasining raqami yoki elektron manzillariga murojaat qilishlari soʻralgan.
Va bu keltirilgan noqulaylik uchun uzr ham soʻrab qoʻyilgan.

Admin xulosasi: Bilet uchun falon pul toʻlaysan, ammo yuking sen bilan kelmaydi. Deyarli 2 kun kutasan va yetmaganiga vakolatxonaga murojaat qilasan. Xullas yukini ketidan "yugurasan". Bagajingda zaril buyuming yoki kiyiming bosa 2 kun kutasan. Sizlarga bir narsa koʻrsataymi ? Londonda yukini kutayotganlar hozir shu koʻrinishda kutib oʻtirishibdi