Get Mystery Box with random crypto!

Bola puli olish uchun qanday hujjatlar tayyorlanishi kerak? | Avazbek Yo‘ldoshev

Bola puli olish uchun qanday hujjatlar tayyorlanishi kerak?

Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olish uchun arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

Ariza beruvchini oilaviy pasport nusxalari yoki ID-kartalari;

Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi nusxasi;

Bolalari vasiylik ostida boʻlsa vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;

Oilaning mavjud chorva mollari va PARRANDALARI toʻgʻrisida maʼlumot;

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari nomidagi tijorat banklardagi 3 oylik pul oʻtkazmalarini Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etinglar degan ariza.

Yuqoridagi xujjatlarni arizangizga qoʻshib mahallaga topshirsangiz boʻldi yana qoʻshimcha xujjat tayyorlashga majbur emassiz.

Bola puli qanday oilalarga beriladi?
Batafsil...

Bola puliga ariza berilganidan keyin qancha vaqtda bu nafaqa tayinlanadi?
Batafsil...

@AvazbekY