Get Mystery Box with random crypto!

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchu | Avazbek Yo‘ldoshev

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

@AvazbekY