Get Mystery Box with random crypto!

Xususiy ta'lim kelajagiga bag'ishlangan konferensiyaga marhama | Avazbek Tulovov | Blog

Xususiy ta'lim kelajagiga bag'ishlangan konferensiyaga marhamat!

Yurtimizda xususiy bog'cha, xususiy maktab, xususiy universitet, o‘quv markaz va IT akademiyalar soni kundan kunga ortmoqda. Bu esa shu sohada faoliyat olib borayotgan insonlardan yanada o'z ustida ishlashlarini, sog'lom raqobatda yuqori natijalar egallashni talab qilmoqda.

Shu sababli, faqatgina 3-iyulda, ilk marotaba, go'zal Farg'ona shahrida O'zbekistonda xususiy ta'limning kelajagiga bag'ishlangan ustoz va repetitorlar seminar-treningi bo'lib o'tadi.

Bu seminar trening bizga nima beradi?

O'quv markazi, xususiy bog'cha, maktab, universitetlar ochamiz va ularda birgalikda ishlaymiz;
Tajriba almashib, professional mutaxassislarga aylanamiz;
Natijalarimizni birlashtirib, jamiyatga xususiy ta'lim qanchalik foyda berayotganini ko'rsata olamiz;
Har bir fanning o'qitilishi va o'zlashtirilishi oson bo'lgan loyiha va dasturlar ustida ishlaymiz;
Xususiy ta'limda IT dasturlarning kirib kelishi va uning kelajagi haqida fikr-almashamiz.

Shuningdek, boshqa foydali ma'lumotlarni qo'lga kiritasiz!

Konferensiya faqatgina tanlab olingan, o'z yutuqlari bilan o'rnak bo'la oladigan ustozlar ishtirokida olib boriladi va unda Registan LC, Regbooks, Regtestservis brendlari asoschisi - Avazbek Tulovov, Regbooks nashriyoti direktori - Nurmurod Eshnazarov, hamda boshqa spikerlarning ma'ruza qilishi kutilmoqda.

Tadbir tashkilotchisi: Registon ta'lim loyihasi
Boshlanish vaqti: 3-iyul 10:00
Tadbir manzili: Farg'ona san'at kolleji

Eslatib o'tamiz, ushbu tadbirda faqatgina Farg'ona viloyatidagi xususiy ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va repetitorlar ro'yxatdan o'tgan holda qatnashishlari mumkin.

Onlayn ro'yxatdan o'tish

Batafsil ma'lumot uchun:
+998937002700