Get Mystery Box with random crypto!

OTA ONAGA YAXSHILIK yoki FARZANDLIK BURCHLARI 1. Tanu vuj | AsSiyrah

OTA ONAGA YAXSHILIK yoki FARZANDLIK BURCHLARI

1. Tanu vujudingiz bilan ota-ona xizmatida hoziru nozir turing.

2. Gunoh bo‘lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti so‘zsiz bajo keltiring.

3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo‘lsangiz ham ularning roziligisiz safarga chiqmang.

4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo‘lmasa) darrov qayting.

5. Ularni ko‘rganda o‘rningizdan turing va o‘ltirganlaridan keyingina o‘ltiring.

6. Ota-ona bilan ko‘chada ketayotganda oldinga o‘tib ketmay bir qadam orqada yuring.(Faqat loy, muzgarchilikda yoki qo‘riqlash ma’nosida oldinda yoki yonda yurishga ijozat beriladi).

7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazah qilmang.

8. Ular huzurida qovoq solmang, ho‘mrayib qaramang.

9. Chaqirishsa «labbay» deb huzurlariga tez yetib boring.

10. Ular xizmatida bo‘lganda ish buyurishsa erinchoqlik bilan malol ko‘rmang.

Qur’oni karimdagi Alloh taoloning «rahmdillik yuzasidan ota onangga kamtarlik qanotingni qoqib tur», mazmunidagi so‘zini Hishomning otasi Urvat ibn az-Zubayr roziyallohu anhu: «ota-onang nimani istasa, o‘shani ijro qilishdan imtino qilma», deb tafsir qilgan edilar.

Ota-onaga yaxshilik qilish hayotingizni yanada yaxshilash uchun ajoyib quvvatdir. Ularni rozi qilsangiz, Alloh ham sizga ajr - mukofotini ziyoda qiladi.

@Muhammadali_Eshonqulov