Get Mystery Box with random crypto!

Shaxzoda Raximovna Psixologik kanal

Telegram kanalining logotibi asliyatgaqaytishsari — Shaxzoda Raximovna Psixologik kanal S
Telegram kanalining logotibi asliyatgaqaytishsari — Shaxzoda Raximovna Psixologik kanal
Kanal manzili: @asliyatgaqaytishsari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 804
Kanalning ta’rifi

Pedagog || Psixolog || Seksolog
Shaxzoda Raximovna
💪2000dan ortiq ayollar-men bilan oʻz oilalarini qayta tiklashdi mustahkamlashdi💞
👇 Bu yerda oilamiz baxtini birga yaratamiz✨
Natijalar:💬
t.me/natijalarimizz
Menedjer📩
@Sevimliqirolicha
@menedjerSh

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 04:24:32
#Диққат #Тезкор #Расман #Дахшат

Муҳим хабар. Куз келди!
218 viewsShaxzoda Raximovna, 01:24
Ochish/sharhlash
2022-09-01 04:24:21
200 viewsShaxzoda Raximovna, 01:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:57:09 Garmonal buzilishlar,tomoq kasalliklari,tomoq atrofidagi o'zgarishlar psixosomatikasi aytilmagan so'zlar,chiqarilmagan ovozli noroziliklar bilan bog'liq..
O'zimdagi o'zgarishlar sababini anglab turibman.
Introvert bo'lganim uchun, ko'p suhbatni xoxlamayman...
Yumshoq fe'lim va qattiq tarbiya ta'siri tufayli-dilozorlik qilmaslik maqsadida vaziyatlarni "ichimga yutaman"
Bu esa sogligim orqali "Syurprize"bo'lib chiqib keldi

"Mana senga o'sha kayf"digan qoshiq esimga tushib ketti shu joyida

Yangi Shaxzoda ga tayyor turing aziz yaqinlarim(shartaki,joyida gapirib,mavzuni yopadigan)

Yoqmasayam
Nima qilamiz endi,sogligim man uchun muhimroq

Lekin hammasi sevgi bilan bo'ladi,havotirga o'rin yo'q

Manga o'xshaganla va mani yengi versiyamdigila bormi oramizda?

Hay divoriyla
220 viewsShaxzoda Raximovna, edited  17:57
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:38:20 G'iybatchi va fisqu fasodchi insonlar bilan birga yashayotgan barchaga Alloh sabr va ofiyat bersin...
Darxaqiqat bu og'ir sinov....
228 viewsShaxzoda Raximovna, 17:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:36:51 Faqih Abu Lays Samarqandiy g‘iybat haqida shunday deydilar: «G‘iybat to‘rt turlidur: kufr, nifoq, gunoh va muboh. Birodarini g‘iybat qilayotgan kimsaga g‘iybat qilma, deyilganida, kimsa: «Bu g‘iybat emas, haqiqatni aytyapman», desa, Alloh taolo harom etgan narsani halol hisoblagan bo‘ladi. Haromni halol hisoblash kufrdir.
Munofiqlik hisoblangan g‘iybat - shaxs nomini tilga olmay, o‘zini yaxshi ko‘rsatib kishilar huzurida g‘iybat qilish. Vaholanki, ular kimni nazarda tutayotganini bilishadi.
G‘iybat qilish mumkin emasligini bilaturib muayyan shaxsni tilga olib g‘iybat qilish gunohdir. Bunga mubtalo bo‘lgan kimsa istig‘for aytishi zarur.
Fosiqni yo bid'atchini kishilar bilib qo‘ysin, deb gapirish muboh bo‘lgan g‘iybatdir. Bu holda kishilarni ogoh qilgani uchun «g‘iybatchi» ajr ham oladi».

“Imom Buxoriy aytadilar: “Aqlimni tanib, g‘iybat xarom ekanligini bilganimdan boshlab, shu kunga qadar g‘iybat qilmadim”.

Gʼiybat sohibi xuddi manjaniq oʼrnatib olgan kishiga oʼxshaydi. U yaxshiliklarini oʼng va chapga, sharqu gʼarbga uloqtirib, otaveradi. Ibn Javziy rahimahulloh.
Izoh: Manjaniq – toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Manjaniq qalʼa, qoʼrgʼon devorlarini buzish, rahna solish yoki binolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham moʼljallangan.
Bundan ko'rinib turibdiki ulug‘larimiz birovning sha’niga umuman noloyiq gaplarni aytishmagan. Shu sabab tilni g‘iybatdan tiyish ulug‘larning fazilati ham hisoblanar ekan. So'zimiz yakunida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Musulmon kishi shunday kishiki – uni tilidan va qo‘lidan hech kim ozor chekmaydi”. Alloh taolo barchalarimizni ushbu va boshqa gunohlardan saqlanadigan bandalaridan bo‘lishliligimizni nasib etsin deb qolamiz.

Qosim shayx masjidi noib imomi: Istamjon Xamrayev
241 viewsShaxzoda Raximovna, 17:36
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:36:51 Insoniyatning tili va undan sodir bo‘ladigan illatlar bisyor. Til yordamida Alloh taologa istig‘for aytiladi, Qur’oni karim tilovat qilinadi, tavba aytib, duolar qilinadi. Lekin, ana shu tildan shunday gunohlar sodir bo‘ladi-ki, insonning vaqti, mablag‘i ketib, yiqqan savoblari behuda ketishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday gunohlardan biri – g‘iybatdir. G‘iybat qilgan kishi maydonga bir to‘p qo‘yib, o‘ngu so‘lni zambarak o‘qidan sovurgan kimsaga o‘xshaydi. G‘iybat qilganda, uning qilgan go‘zal amallari o‘ngga-so‘lga sovurilgan bo‘ladi. Kim musulmon birodarining nomiga dog‘ tushirish maqsadida uni g‘iybat bilan qiynasa, qiyomat kuni Alloh uni jahannam ko‘prigi ustida turg‘izadi. Qilgan g‘iybati qaytib olinmaguncha u o‘sha joydadir.

Qur'oni Karimning bir qancha oyatlarida Alloh taolo o‘zaro munosabatlarda g‘iybat qilmaslikni mo‘min bandalarga ta'kidlab shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا
ya'ni: “Ey, mo‘minlar! Allohdan qo‘rqingiz va to‘g‘ri so‘zlangiz! (Shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat etar. Kimki Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ yutuqqa erishibdi” (Ahzob surasi 70-71 oyatlar).

“Ey iymon keltirgan bandalar ko‘p gumon qilishlikdan saqlaning! Ba'zilaringiz Ba'zilaringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan birontalaringiz o‘z birodarini go‘shtini o‘lik xolatda yeyishlikni xohlaydimi?! Bas, gunohi undan ham yomon bo‘lgan g‘iybatdan saqlaning”! Hujurot surasi.


Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham qolgan bir qancha xadislarda g'iybat haqida quyidagilar rivoyat qilingan:

﴿إِذَا أَصْبح ابْنُ آدَمَ، فَإنَّ الأعْضَاءَ كُلَّهَا تُكَفِّرُ اللِّسانَ، تَقُولُ: اتِّقِ اللَّه فينَا، فَإنَّما نحنُ بِكَ: فَإنِ اسْتَقَمْتَ اسَتقَمْنا وإنِ اعْوججت اعْوَججْنَا﴾

(رَوَاهُ الْاِمَامُ التِّرْمِذِيُّ عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه)

ya'ni: “Odam bolasi tong ottirganda, tana a'zolarining hammasi tilga tanbeh berib: “Bizning to‘g‘rimizda Allohdan qo‘rq! Biz (nima ahvolga tushsak ham), sen sababli (tushamiz). Agar to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz” deyishadi” (Imom Termiziy rivoyatlari).

Sahobai kiromlar so‘rashdi: “Ey rasululloh! “G‘iybat nima”? “Birodaringni o‘zi yo‘q paytida eshitsa xafa bo‘ladigan ishlarini gapirishliliging” –dedilar. Shunda sahobalar: “Biz gapirgan xolat unda bo‘lsachi”? – deyishdilar. Shunda rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Agar siz gapirgan narsa unda bo‘lsa g‘iybat bo‘ladi, agar unda bo‘lmasa unda tuxmat qilgan bo‘lasiz” dedilar”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana shunday ogohlantiradilar:
“Kim musulmon birodarini ig‘vo qilsa, Alloh Qiyomat kuni uning yuzini orqasiga o‘girib qo‘yadi”.

Anas ibn Molik rivoyat qiladi:
“Me’roj kechasi bir to‘da insonlarni ko‘rdim, tirnoqlari bilan yuzlarini timdalardilar va iflos narsalar yeyardilar. Jabroildan: «Bular kim?” – deb so‘radim. Dediki: “Bular dunyoda insonlarning go‘shtini yeganlar, g‘iybat qilganlardir!”

Gʼiybat barcha yaxshiliklarni kul qilib barbod qiladi. Unga qoʼyidagi hadis ham dalildir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Olovning quruq narsaga nisbatan boʼlgan taʼsiri gʼiybatning banda yaxshiliklariga boʼladigan taʼsirichalik tez emas”.

Ikrimadan rivoyat qilinadi: «Uzun bo‘ylik bir ayol Payg‘ambarimizning huzurlariga keldi. U chiqib ketgan vaqtda Oisha onamiz: «Bo‘yi juda uzun ekan», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «G'iybat qilding», dedilar. Oisha onamiz: «Axir men undagi bor narsani gapirdim-ku?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unda qarih ko‘rilgan narsani zikr qilding», dedilar. Bu hadisdan ma'lum bo‘ladiki, g‘iybat kishidagi mavjud narsani uning yo‘g‘ida
gapirishdir. Unda mavjud bo‘lmagan narsani gapirish esa bo‘hton, tuhmat hisoblanadi. Bu esa g‘iybatdan ham yomonroq.


Yana bir qancha ulug'larimizdan ham quyidagilarni misol qilib olsak:
262 viewsShaxzoda Raximovna, 17:36
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:33:31 Nima bo'ldi?
Sizzi yaxshi ko'ramiz
Nega?
Digan go'zallarim
Raxmaat
Sog'ligimiz eng muhimi
Xozir bebaho boyligimiz bo'lgan sog'lik,farzandlarga ko'proq vaqt ajratish bilan bandman xozir
Alhamdulillah
Garmonlarni joyiga tushirish harakatidaman
Kim gormonal o'zgarishlani boshidan o'tkazgan?
O'zizini qanaqa his qigansiz, o'sha paytda?
225 viewsShaxzoda Raximovna, 16:33
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:56:15 Hich narsa yozgim kemayapti,sezilvottimi?
233 viewsShaxzoda Raximovna, 14:56
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:44:54
Илк марта эшитиш бахтига муяссар бўлган инсонларнинг эмоциялари.

Биз ўзимизда мавжуд кўп неъматларга шукр қилмаймиз, худдики эшитиш, кўриш, гапириш ва бошқа ҳиссиётлар ҳаммада доим бўлиши керакдек, оддий ҳолдек қараймиз. Ваҳоланки, ушбу неъматлар учун ҳар куни, ҳар сония Яратганга шукрона айтсак ҳам кам.

@asliyatgaqaytishsari
439 viewsKarima Baxtiyorovna, 11:44
Ochish/sharhlash