Get Mystery Box with random crypto!

Yangi kelgan qizlarga o’zim haqimda ma’lumotlar bersam Ism | 𝘼𝙨𝙞𝙡𝙖'𝙨 𝙗𝙡𝙤𝙜 🇬🇧

Yangi kelgan qizlarga o’zim haqimda ma’lumotlar bersam
Ismim Shohida, 22 yoshdaman
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindoriman, Shine Qizlar Akademiyasi rahbari, “Şahide” butikining asoschisiman.
UzJMCU ning Xalqaro Jurnalistika yo’nalishini bitirganman, Garvard universitetining “Leadership” bo’yicha maxsus kursida tahsil oldim. Germaniyaning Berlin Biznes Xalqaro institutini “Marketing va kommunikatsiyalar” bo’yicha kursida tahsil olganman.
50 dan ortiq tanlov va festivallarda O’zbekiston nomidan ishtirok etganman. 30 dan ortiq Xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston nomidan yosh elchi sifatida faoliyat olib boraman
Ingliz, turk tillariga badiiy tarjimalar bilan shug’ullanaman, xitoy tilini bilaman. Shu kungacha 30 dan ziyod ijodkorlarning kitoblarini xorijiy mamlakatlarda chop etganmiz.
Qizlarga turli yo’nalishlarda kurslar o’taman, xalqaro maydonga chiqishida, rivojlanishida yordam berishga harakat qilaman.
Bir yil ichida 100 dan ortiq katta kichik orzularimga erishdim, dadamlarga mashina sovg’a qildim, ota-onamni xorijga sayohatga olib bordim, o’z akademiyamni, shaxsiy brendimni tashkil qildim, 50 dan ziyod xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etdim, 30 ga yaqin Xalqaro tashkilotlarga elchi bo’ldim, 20 dan ziyod ko’rsatuvlarda qatnashdim.
Bundan tashqari “O’zim-o’zimga vizajist”, “Stil va moda”, “Uy hamshirasi”, “Marketing”, “Leadership” kabi yo’nalishlarda va bir nechta psixologik kurslarda tahsil olganman
Yaqinda Xalqaro “Dunyoning 30 ta porlayotgan yulduzi” bestselleri qahramonlari qatorida kiritildim.
Hozirda yuzlab qizlar bilan shaxsiy rivojlanish kurslarida birga ishlayapmiz, ijodiy ishlarini xorijiy mamlakatlarda chop etyapmiz.
Oldimga qo’ygan maqsadlarim katta In Sha Allah, O’zi yuzimizni yorug’ qilsin