Get Mystery Box with random crypto!

​​Rasululloh solallohu alayhi va sallamning oilalari Otalari | Ashurbek

​​Rasululloh solallohu alayhi va sallamning oilalari

Otalari Abdulloh ibn Abdulmuttolib payg‘ambarimiz alayhissalom tug‘ilmaslaridan oldin olamdan o‘tganlar.

Onalari Omina binti Vahb payg‘ambarimiz alayhissalomning 6 yoshliklarida vafot qilganlar.

Bobolari Abdulmuttolib ibn Hoshim payg‘ambarimiz alayhissalom 8 yoshliklarida dunyodan o‘tgan.

Amakilari: Rasululloh solallohu alayhi va sallamning 9 ta amakilari bo‘lgan. Ularining ismlari:
Horis,
Zubayr,
Hamza,
Ziror,
Abu Tolib (Abdu¬manof),
Abu Lahab (Abduluzzo),
Abdulka’ba,
Mug‘iyra,
Navfal.

Ammalari:
Umayma,
Baro,
Ummu Hakiym,
Safiya,
Arvo,
Otika.

Ayollari:
Xadiyja bintu Havaylid,
Savda bintu Zam’a,
Oisha bintu Abu Bakr,
Hafsa bintu Umar,
Zaynab bintu Huzayma,
Ummu Salama (Hind bintu Abu Umayya),
Zaynab bintu Jahsh,
Maymuna bintu Horis,
Juvayriya bintu Horis,
Ummu Habiba (Ramla bintu Abu Sufyon),
Moriya bintu Sham’un, S
ofiya bintu Huyay.

O‘g‘illari: Rasululloh solallohu alayhi va sallamning uchta o‘g‘illari bo‘lgan ammo ular yoshliklarida vafot qilganlar. Ular:
Qosim,
Abdulloh,
Ibrohim.

Qizlari:
Zaynab,
Fotima,
Ruqayya,
Ummu Kulsum roziyalloh anhunna.

Kuyovlari:

Abul Oss ibn Robi’ roziyallohu anhu – Zaynab bintu Muhammad alayhissalomning turmush o‘rtoqlari.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu – Fotima bintu Muhammad alayhissalomning turmush o‘rtoqlari.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu – avval Rasululloh solallohu alayhi va sallamning Ruqayya ismli qizlariga uylanadilar, bir qancha vaqt o‘tib Ruqayya roziyallohu anho vafot etganlaridan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kenja qizlari Ummu Kulsum roziyallohu anhoga uylanadilar. Shu sababli Usmon roziyallohu anhu «Zinnurayn» - ikki nur sohibi degan nom bilan sharaflanganlar.

Nabiralari:

Abul Oss ibn Robi’ va Zaynab bintu Muhammad alayhissalomning farzandlari: Ali, Umoma.

Ali ibn Abu Tolib va Fotima bintu Muhammad alayhissalomning farzandlari: Hasan, Husayn, Muxassin, Zaynab, Ummu Kulsum.

Usmon ibn Affon va Ruqayya ibn Muhammad alayhissalomning farzandlari: Abdulloh.


Imom Termiziyning «Shamoili Muhammadiya»
asari asosida tayyorlandi.

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••