Get Mystery Box with random crypto!

Asar_haqida

Telegram kanalining logotibi asar_haqida — Asar_haqida A
Telegram kanalining logotibi asar_haqida — Asar_haqida
Kanal manzili: @asar_haqida
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

📚 Asar haqida fikrlar
📝 Iqtiboslar
💡 Shaxsiy fikrlar
📬 Kaminaga maktub
📚🎙 Kitob mutolasi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-04 13:10:28 Qanaqa ekanligini bilmayman, ammo...

Sizda ham shunaqasi bo'lib turadimi? Qaysidir kitobni ko'rib qolasiz va sizni jumbushga keltiruvchi nimadir bo'ladi. Bu kitob nima haqida, kim yozgan bunisini bilmaysiz. Lekin, kitobni qachonlardir (ancha yillar oldin, bolaligingizda) o'qiganingizni sezganday bo'lasiz.

Juda g'alati-a? Go'yoki, ko'chada bir insonni ko'rib qoldingiz. U inson esa sizni yoshlikdagi qadrdon do'stingiz. Siz esa qachonlardir qadrdon bo'lgan do'stingizni tanimayapsiz ham. Juda ham g'alati...

Sizda shunaqa vaziyat bo'lganmi? Bir eslab ko'ringchi, balki ayni hozirgi vaqtda eslolmayotgandirsiz. Sizni bilmadimu, lekin menda bunday vaziyat bo'lganicha yo'q. Chunki, kitobga bo'lgan qiziqishim abituriyentlik davrimda uyg'ongan. U paytgacha badiiy asar desa, go'yoki, maktab darsliklariga o'xshash zerikarli narsa hayolimga kelardi.

Men shunaqa edim yoki shunga o'xshash. Hozir esa kitob o'qishga qiziqishim bor, lekin, kitobni onda-sonda o'qib turibman xolos. Bunga sabab qilib bir qancha bahonalar topishim ham mumkin. Negadir, postni qisqa qilgim kelyapti. Shu sababli, bu postda bahonalarga o'rin/joy yo'q.

Hullas, o'sha gap. Sizda yuqorida takidlangan vaziyat bo'lganmi?

P.S.: keyingi safargi postimiz "yoshlik va kitob birlashmasi" haqida bo'ladi, nasib qilsa.
4 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-06-29 21:08:08 Hozirgi kungacha Remarkning 3ta asarini o'qiganman va ularning uchchalasi ham menga yoqqan. Menga Remarkning asarlari yoqadi. Remarkning qolgan asarlarini ham o'qish niyatim bor.
7 views18:08
Ochish/sharhlash
2022-06-26 16:23:46 Kitobni yomoni bo'ladimi? Ishonavering bo'ladi. Aytishadiku, yo hayot, yo mamot.

P.S.: gapni qisqa qildim. Kitob tanlashda adashmang.
10 views13:23
Ochish/sharhlash
2022-06-19 17:40:30 Menimcha, roman zo'r bo'lishi uchun kimdir, qaysidir bosh qahramon o'lishi kerak. Bundan boshqacharoq iloji yo'q. Yana bilmadim. Menga shunday tuyulayotgandir balki...
13 viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-06-13 17:08:11 Yaxshi ko‘rgan asarimdagi tushunmovchilik

Men yoqtirgan asarlar ko‘p. Ulardan biri haqida aytib bermoqchiman. Asar nomini aytmayman. Asar fantastik. Men o'qigan birinchi fantastik janrga tegishli asar, adashmasam.

To‘g‘risini aytsam, birinchi va yagona fantastik asar bo'lsa kerak. Men o‘sha yoqtirgan asarimdan boshqa fantastik janrga tegishli asar o‘qimaganman. Lekin, o‘qish niyatim bor.

Asar qizigandan qiziydi, nimadirlar bo‘ladi. Hullas, asar sizga qanday ta'sir qiladi, bunisini bilmadimu, ammo, menga juda qattiq ta'sir qilgan. Bir nimalar bo‘lib bosh qahramonlar Italiyaga borishadi. (Bu haqda gapirib o‘tirmayman)

U yerda ko'plab yangi obrazlar (asosan salbiy qahramonlar)ni ko‘ramiz. (Ya‘ni Italiyada). O‘sha obrazlar ichida bir salbiy va katta kuchga ega bo‘lgan qahramon bo‘ladi.

Men o‘sha paytlarda haligi qahramonning faqat kuchlariga e‘tibor qaratganmanmi (mahliyo bo‘lib qolganmanmi) yoki boshqa narsalar tufaylimi, bunisini aniq ayta olmaymanu, lekin, men uni o‘g‘il bola sifatida tasavvur qilganim esimda. Ismi ham o‘g‘il bolalarga xos edi, har holda men uchun shunday ko‘ringan.

Sezib turganingizdek, o‘sha qahramon o‘g‘il bola emas, qiz bola ekan. Men buni ancha vaqt o'tgandan so‘ngina bilib oldim. Aniqroq va ochiqroq aytadigan bo‘lsam kinosini ko'rganimda aqlbovar qilmas aqlim tufayli "sezib" qoldim. (200gr yumor hissidan qo‘shvordim, xafa bo‘lmaysiz. Qo‘shmasam, postimizning ta‘mi sal g‘alatiroq bo‘lib qolishi mumkin ekan. Buni menga aqlbovar qilmas aqlim aytdi)

Nima deyotgandim, ... bo‘ldi, esladim. Demak, o‘g‘il bolamas, qiz bola ekan. To‘g‘risi, kinosini ko‘rayotganimda anchagina o‘sha qahramonni axtardim. Topolmadim. Keyin esa yuqorida ta'kidlab o'tgan haligi aqlim tufayli sezib qoldim. (Boom).

Bu postni chizmachilik darsida yozayotganim uchun (darsni nomi juda ham uzun, to‘lig‘ini aytgunumcha qo‘ng‘iroq chalinib qolishi mumkin) biroz chalg‘ishlar bo‘ldi. Meni post yozishdan chalg‘itishdi.

Hullas, aytmoqchimanki, postning ma‘no mazmuni bir-biri bilan aralashib ketgan bo‘lishi mumkin, mazur tutgaysizlar. (Aniqrog‘i mazur tutgaysiz)

Axir, bu kanalda men, men, bitta bot va kanal obunachisi sifadida ko‘rish mumkin bo‘lgan sizdan boshqa hech kim yo‘q. Agarda shu gaplarimni o‘qib, noto‘g‘ri tushungan holda siz ham kanalni tark qilmasangiz, albatta.

Tugadi, 13.06.2022, dushanba

P.s.: Ha aytgancha, postni men yozdim.
15 views14:08
Ochish/sharhlash
2022-06-10 13:04:19 Live stream finished (29 minutes)
10:04
Ochish/sharhlash
2022-06-10 12:34:56 Live stream started
09:34
Ochish/sharhlash
2022-06-09 22:23:45 Live stream finished (8 minutes)
19:23
Ochish/sharhlash
2022-06-09 22:15:39 Live stream started
19:15
Ochish/sharhlash
2022-06-09 21:24:15 Live stream finished (25 minutes)
18:24
Ochish/sharhlash