Get Mystery Box with random crypto!

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi aqxai_pressa — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi aqxai_pressa — Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @aqxai_pressa
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.79K
Kanalning ta’rifi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rasmiy kanali/Официальный канал Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий.
🌐https://andqxai.uz
📲 https://t.me/AQXAI_pressa
📲 https://www.facebook.com/andqxai.pressа
📲

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-01-10 13:18:36
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
929 viewsАхборот хизмати, 10:18
Ochish/sharhlash
2023-01-08 20:39:20 “Kitobxon yoshlar” tanlovida vazifa qilib berilgan kitoblarning elektron variantlari

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
1.2K viewsАхборот хизмати, 17:39
Ochish/sharhlash
2023-01-08 18:19:27
#diqqat_tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
1.2K viewsАхборот хизмати, 15:19
Ochish/sharhlash
2023-01-08 16:28:48
#sayohat

Sayohat kunining datslabgisi Namangan viloyatiga uyushtirildi. 1920 yili tashkil topgan Namangan viloyati tarixi va davlat muzeyiga tashrif buyurgan talabalarimiz muzey haqida gitlar tomonidan ma'lumotlar olishdi.

Muzey faoliyatining dastlabki yillarida fizika yo‘nalishiga oid anjomlar bo‘lib, keyinchalik turli mavzulardagi eksponatlar yig‘ila boshlagan. Xotira va tabiat, arxeologiya, etnografiya, mustaqillik, adabiyot va sanʼat bo‘limlarida ikki mingdan ortiq jamlanmalar mavjud.

Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan sayohat davom etmoqda.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati

https://t.me/AQXAI_pressa
1.5K viewsАхборот хизмати, 13:28
Ochish/sharhlash
2023-01-07 20:47:16
#Infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan yangi
edu.mininnovation.uz/ muloqot portaliga bir sutka davomida 283 taklif kelib tushdi.

Oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasi bo‘yicha fikrlaringiz bo‘lsa, siz ham tashabbus ko‘rsating!
_ _ _ _ _ _ _

На вновь созданный портал коммуникаций Министерства высшего образования, науки и инноваций edu.mininnovation.uz/ поступило 283 обращения за сутки.

Если у вас есть предложения в сферах высшего образования, науки и инноваций, проявите инициативу и оставьте их по указанной ссылке.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
1.2K viewsАхборот хизмати, 17:47
Ochish/sharhlash
2023-01-07 16:38:29
Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining 2023-yilgi rejalari muhokama qilindi

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan yig‘ilishda paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, xususiy urug‘chilik korxonalari, klaster xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishga Paxtachilik kengashi raisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.

_ _ _ _ _ _
6 января текущего года состоялось заседание Совета по хлопководству при Президенте Республики Узбекистан. В совещании, проходившем в формате онлайн и офлайн, приняли участие руководители НИИ хлопководства, ученые, руководители частных семеноводческих предприятий, руководители кластерных хозяйств. Заседание вел председатель Совета по хлопководству, министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
1.2K viewsАхборот хизмати, 13:38
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:09:21
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
709 viewsАхборот хизмати, 15:09
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:25:47 Rasmiy xabar: qishki ta’til uzaytirildi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘qish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Manba: ЎзА
2.0K viewsMUHAMMADALI XOLDAROV, edited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-01-05 15:39:38
#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.


Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
950 viewsАхборот хизмати, 12:39
Ochish/sharhlash
2023-01-03 07:25:26
#Tabrik

Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, aziz hamkasblar. Yangi yil barchaga xayrli bo'lsin, quvonch va baxt olib kelsin.

Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasida samarali mehnat qilayotgan jonkuyar va mehnatkash ustozlarimizdan biri Jumaboyev Zuxriddin Mo‘ydinovich oilasi, yaqinlari, hamkasblari davrasida tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Jumaboyev Zuxriddin Mo‘ydinovich 1964-yilning 3-yanvarida Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Olim agranom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent,  ''O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil'' esdalik nishoni sohibi.

Sizni bugungi unutilmas onlaringiz bilan institut ma'muriyati va butun jamoasi nomidan chin qalbdan qutlaymiz. Boshlagan har bir ishingiz omadli va hayrli bo'lsin.
Yangi yilda Sizga mustahkam sog'lik va oilaviy xotirjamlik hamda vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan samarali mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti |  Matbuot xizmati

Instagram Facebook Telegram Twitter
1.4K viewsMUHAMMADALI XOLDAROV, 04:25
Ochish/sharhlash