Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexno | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal

#Xalqaro_hamkorlik -

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Germaniyaning GIZ tashkiloti bilan yana bir yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi loyihani amalga oshirishning birinchi qadami sifatida Oliy ta'lim bo'yicha ekspert, professor Frank Noyman Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Komiljon Komilov bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Loyihaga ko‘ra, institutda Logistika ta'lim yo'nalishi uchun xalqaro akkredetatsiya talablariga mos keluvchi o'quv reja ishlab chiqish amalga oshiriladi. Ochiq muloqot va muzokaralar davomida loyihani samarali amalga oshirish yuzasidan yo‘l xaritasi tuzildi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati

https://t.me/AQXAI_pressa