Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal

#Tabrik

Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, aziz hamkasblar. Yangi yil barchaga xayrli bo'lsin, quvonch va baxt olib kelsin.

Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasida samarali mehnat qilayotgan jonkuyar va mehnatkash hamkasblarimizdan biri Baratov Hakimbek Abdufattoxovich oilasi, yaqinlari, hamkasblari davrasida tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Baratov Hakimbek Abdufattoxovich 1975-yilning 3-yanvarida Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan.
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Professional ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor, iqtisodiyot fanlari nomzodi.

Sizni bugungi unutilmas onlaringiz bilan institut ma'muriyati va butun jamoasi nomidan chin qalbdan qutlaymiz. Boshlagan har bir ishingiz omadli va hayrli bo'lsin.
Yangi yilda Sizga mustahkam sog'lik va oilaviy xotirjamlik hamda vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan samarali mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti |  Matbuot xizmati

Instagram Facebook Telegram Twitter