Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal

#Tabrik

Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, aziz hamkasblar. Yangi yil barchaga xayrli bo'lsin, quvonch va baxt olib kelsin.

Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasida samarali mehnat qilayotgan jonkuyar va mehnatkash hamkasblarimizdan biri Xatamov Salimjon Rahimjonovich oilasi, yaqinlari, hamkasblari davrasida tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Salimjon Xatamov 1983-yilning 1-yanvarida Andijon tumanida tavallud topgan. Hozirda magistratura bo‘limi boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi falsafa doktori.

Sizni bugungi unutilmas onlaringiz bilan institut ma'muriyati va butun jamoasi nomidan chin qalbdan qutlaymiz. Boshlagan har bir ishingiz omadli va hayrli bo'lsin.
Yangi yilda Sizga mustahkam sog'lik va oilaviy xotirjamlik hamda vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan samarali mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti |  Matbuot xizmati

Instagram Facebook Telegram Twitter