Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, | Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal

#Tabrik

Assalomu alaykum, hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari, aziz hamkasblar. Kirib kelayotgan yangi yil barchaga xayrli bo'lsin.

Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasida samarali mehnat qilayotgan jonkuyar va mehnatkash hamkasblarimizdan biri Rejapov Abdushukur Abdukarim o‘g‘li oilasi, yaqinlari, hamkasblari davrasida tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Abdushukur Rejapov 1991-yil 31-dekabr sanasida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tavallud topgan. Xozirda xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi.

Sizni bugungi unutilmas onlaringiz bilan institut ma'muriyati va butun jamoasi nomidan chin qalbdan qutlaymiz. Boshlagan har bir ishingiz omadli va hayrli bo'lsin.
Kirib kelayotgan yangi yilda Sizga mustahkam sog'lik va oilaviy xotirjamlik hamda vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan samarali mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti |  Matbuot xizmati

Instagram Facebook Telegram Twitter