Get Mystery Box with random crypto!

UK USA Hujjat topshirish jarayoni ( US) 1. Amerikada har b | 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR

UK USA

Hujjat topshirish jarayoni ( US)

1. Amerikada har bir oliygoh uchun alohida personal statement yozasiz. Motivatsion insho ham alohida yozilishi kerak (agar siz Common Application orqali hujjat topshirsangiz).

2. Istalgan Amerika oliygohiga Common App yoki universitetga direct application orqali cheksiz miqdorda (universitetlar soni nazarda tutildi; har bir universitetga bir necha marta ariza berish emas) ariza topshirish mumkin. US dagi oliy ta'lim sizga cheksiz tanlovlarni taklif etadi.

3. Xalqaro talabalar uchun qiymatli grant dasturlarini taqdim etadi. Moliyaviy tomondan yuqori darajada qo'llab quvvatlaydi.

4. Ta'lim badali juda qimmat. Lekin Campusdan chiqmasdan turib, ishlab pul topishingiz mumkin. Masalan, Berea College da haftada bir necha kun ishlab oyiga $800 va undan yuqori maosh olasiz (agar olishsa).

5. Eng xavfli hududlar ham Amerikada joylashgan.

6. Bakalavrni 4 yil (3.5 yilda ham bitirsa bo'ladi); magistrni 2 yil; phd 5-7 yilda tamomlasa bo'ladi. Kreditlarni tezroq tugatsangiz, ertaroq natija bo'ladi.

Hujjat topshirish jarayoni ( UK)

1. UCAS orqali 1 yilda faqatgina 5 ta universitetga ariza topshirish mumkin. 5 ta tanlov uchun bitta insho va personal statement yetadi. Direct Application orqali istalgan oliygohga UCAS siz ariza bera olasiz (cheksiz miqdorda).

2. Grantlar miqdori juda kam. Chunki kontrakt miqdori arzonroq. Asosan, magistr va phd bosqichi uchun full scholarshiplar taqdim etadi.

3. Viza olish u qadar muammoli emas.

4. Musulmon talabalar Britaniyada juda ko'p. Talabalar uchun eng xavfsiz shaharlar ham Buyuk Britaniyada joylashgan. Masalan, Edinburg shahri.

5. Qimmat shaharlar bor - London, masalan. Ish topishda muammolar bo'lishi mumkin ba'zida.

6. Ikki yil o'qib, bakalavr diplomini olishingiz mumkin (masalan, Buckingham university). Odatda bakalavr bosqichi 3-4 yil bo'ladi UK da. Magistr 1 yil odatda. Phd esa 3-4 yilda tamomlanadi.

O'tkirbek Sobirov

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring