Get Mystery Box with random crypto!

#sarhisob #bizyoldamiz The year of 2022 1. Ushbu yilda barc | Aql uyģon! Dunyoni zabt et

#sarhisob #bizyoldamiz

The year of 2022


1. Ushbu yilda barcha "toʻsiqlar"ga qaramay ingliz tilimni rivojlantirishni maqsad qilgandim . Umuman olganda IELTS ga tayyorgarlik, general English ustida ishlash bn oʻtdi kunlar. Maqsadimga ham erishdim deyaolaman Overall 6.
This means more for me!
Qoidam shuki : siz oʻzingizni birovlar bn emas , "kechagi men"ingiz bn solishtiring/ qiyoslang .
Tabiiyki, 1-kursdagi ingliz tilida gapirganda "my speaking is pooor "deb turadigan Aziza va hozirdagi Menimni orasida oʻsish boʻldi. Alhamdulillah

2. Sentabr oylarida esa psixogenetika fani bn tanisha boshladim. Aniq, toʻgʻri tushunchalarda yashamaganimni koʻrsarib berdi bu yoʻl menga. Ichki dunyoyimda roʻy berayotgan, bosh koʻtargan bu toʻfonlarning asl sababini ham bilib olgandek edim. Ruhiyat bn ishlashni oʻrgandim. Alhamdulillah

3. Sen sof niyat ila oʻrganish maqsadida yoʻlga chiqsang, yoʻlingdan senga keraklilarni oʻrgatuvchi dono insonlar chiqadi . Hayotimda yangi sahifalarga sababchi boʻlgan ustozlar kirib keldi:@maryammaxmudova

4. Arab tili olamiga kirib kelishni xohlardim , Alloh bizni tashlab qoʻymadi. Kerak boʻlgan barcha resurslarni oʻzi berdi. Alhamdulillah

5. Yozgi taʼtil davomida kichik bolachalarga ingliz tilini oʻrgatib , oz boʻlsada kerakli malakaga ega boʻldim . Va yanada yangi gʻoyalar idealar shakllandi . Alhamdulillah

6. Eng sevimli kitobim "Qalb iffati" edi bu yil uchun . Yanada Yaratganga yaqinlikni his qilishda turtki boʻlgan.

2023- yil yanada ezgu yoʻllar bn boshlanmoqda Alloh xayrli va bardavom qilsin . Biz yoʻldamiz . Ilm safaridamiz . InshAlloh

P.s. Siz 2022ni nimalar bn yakunladingiz .