Get Mystery Box with random crypto!

#hikmat Toat-ibodat va gunoh-ma’siyatlar haqida 1) Toat va m | شفاء القلوب

#hikmat

Toat-ibodat va gunoh-ma’siyatlar haqida

1) Toat va ma’siyat bir-birini inkor qiladi. Kim gunohlardan xalos bo‘lmoqchi bo‘lsa, gunohlarni ibodatlar bilan siqib chiqarsinki, toki ularga joy qolmasin!

2) Inson faqat gunohlar sababli toatdan mahrum bo‘ladi. Gunoh kattalashgan sari, toatdan mahrum bo‘lish ham ortadi.

3) Kim ibodatlarni ko‘paytirsa, gunohlarni yomon ko‘ra boshlaydi. Kim gunohlarni ko‘paytirsa, ibodatlarga og‘rinadigan bo‘lib qoladi.

4) Agar Alloh bandani yaxshi ko‘rsa, unga ibodatni suyukli qilib qo‘yadi.

‎حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ

"Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko‘rsatdi", (Hujurot: 7).

Agar Alloh bandani yomon ko‘rsa, unga ma’siyatni suyukli qilib qo‘yadi.

‎كَرِهَ اللَّهُ انبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ

"Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib qo‘ydi", (Tavba: 46).

5) Inson har qachon Allohga toatni ko‘paytirsa, izzati ziyoda bo‘ladi. Ma’siyatni ko‘paytirsa, xorligi ziyoda bo‘ladi.

مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ جَمِيعًاۚ
إِلَيۡهِ يَصۡعَدُ ٱلۡكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلۡعَمَلُ ٱلصَّلِحُ يَرۡفَعُهُ

"Kim kuch-qudratni istaydigan bo‘lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush so‘z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur", (Fotir: 10).