Get Mystery Box with random crypto!

Tasavvur qiling, yo'q... Nega tassavvuq qilishingiz kerak, siz | AQL VA QALB

Tasavvur qiling, yo'q... Nega tassavvuq qilishingiz kerak, siz ahir hozir men aytmoqchi bo'lgan holatni qoq o'rtasida bo'lishingiz mumkin. Bu qanday vaziyat?

Oldingizga qo'ygan juda katta orzularingiz bor, lekin qadam tashlay olmaysiz. Shijoat yetishmaydi.

Hozir sizni zaharlayotgan ish va munosabat bor, bundan qutilishni istaysiz ammo... Qat'iyat yetishmaydi.

Har kuni reja qilasiz, rejalaringiz har kuni amalga oshmagani uchun o'zingizni ayblaysiz, bu holatdan chiqib ketishni istaysiz lekin iroda yetishmaydi.

Ozgina bo'lsada pul topish uchun yelub yugurasiz, uni buni ko'ngliga qaraysiz ertalab 9 dan ishdasiz, qachon ketishingiz nomalum, charchab ketgansiz "BOREEEE" degingiz keladi... Bunga yurak qayerda deysiz...

Hammasini to'g'rilash uchun ilm olasiz, shuni ham amalda qo'llay olmasdan battar qiynalasiz.

O'zingizdan qochib keta olmaysiz, muammolaringiz doim siz bilan. Qo'l oyog'i bog'langan odamdeksiz.

O'ylab ko'ring, harakat qildik, ilm oldik, amalga oshira olmadik, battar qiynalishni boshladik. Tushinishimiz kerak bo'lgan vaqt kelgandir, balki gap umuman boshqa joydadir?

Balki gap faqat ilm olishda emasdir
Balki faqat harakat qilishda emasdir
Balki faqat maqsad qo'yishda emasdir?????

Haqiqatdan shunday. Siz toki sizga to'siq bo'layotgan narsani o'zingiz tushinmagunginingizgacha hech narsani o'zgartira olmaysiz.

Kimdir men uchun o'zgartirib bera oladimi? YO'Q!!! Hech qachon. Buni kutishni to'htating.

Faqat siz. Sizni o'zingiz buni anglashingiz kerak.

NIMANI ANGLASHIM KERAK???



Savolingiz bo'lsa, yozing
@shaxnoza_maxmudovna