Get Mystery Box with random crypto!

Anvar Tursunov

Telegram kanalining logotibi anvarsblog — Anvar Tursunov A
Telegram kanalining logotibi anvarsblog — Anvar Tursunov
Kanal manzili: @anvarsblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 380
Kanalning ta’rifi

Olam poydevori bo'lmish – Fizika shaydosining fikrlari.
https://linkfly.to/AnvarFizik

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-27 05:56:45 Sen ahmoqsan!

Ha to'g'ri o'qiding. Sen ahmoqsan. Jumladan men ham ahmoqman. Umuman hamma ahmoq!

Sizda ham shunday holat bo'lganmi?

1 yil oldingimi, eskiroq xotiralaringiz esingizga tushib qoladi va shu paytdagi qarorlaringiz haqida o'ylab "shu payt ahmoq bo'lgan ekanmana" deysiz. Masalan:

1. Do'konga jo'natishsa, sotuvchi bilan gaplashgani uyalgansiz?

2. Qo'lingiz singan bo'lsada gips holida futbol o'ynagansiz.
...

Hozir bilasiz, sotuvchidan uyalish kerakmas. Hozir bilasiz qo'lingiz sizga hali ko'p kerakligini, agar hozir qo'liz sinsa avaylaysiz. Chunki siz o'zgargansiz, o'rgangansiz. Nima muhim, nima ahamiyatsiz bilasiz, har holda yoshligingizdagidan ko'proq bilasiz.

Ahmoq bo'lish eng yaxshisi

Ha ahmoq ekanini tan olgan va bilimlariga shubha bilan qaragan insongina o'sishi, rivojlanishi mumkin.

Agar XX asrdagi ixtirochilar quti shaklidagi avtomobillar eng yaxshisi va bunday yaxshisi bo'lmaydi deb fikrlaganlarida edi, hozirgi syuri shaklidagi zamonaviy mashinalar yaratilmagan bo'lardi. Shu paytda qaysidir ixtirochilar o'sha mashinalarga shubha bilan qarashgan va o'zgartirishgan.

Siz ham o'z bilimlaringizga va fikrlaringizga shubha bilan qarashni boshlamas ekansiz, bir joyda qotib qoldim deb hisoblayvering.

O'sish tezligini aniqlovchi ahmoqlik testi

Kechagi o'zingiz sizga ahmoq bo'lib tuyulyabdimi demak siz kechagiga qaraganda o'sibsiz.

1 yil oldingi sizni ahmoq deb bilasizmi? Demak siz shu 1 yil ichida o'sibsiz.

2 yil oldingi siz va hozirgi siz orasida ayniqsa fikrlashlarida sezilarli farqlar yo'qmi? Unda siz shu 2 yil ichida hech qanday yangi narsa o'rganmabsiz(bu achinarli hol).

Hammamiz har doim ahmoq bo'lganmiz va bo'lib qolamiz

Ha, hamma har doim ahmoqligicha qoladi. Chunki hamma narsani to'g'risini bilishning imkoni yo'q.

"Biz hech qachon notog'ridan to'g'riga o'ta olmaymiz. Biz shunchaki notog'ridan kamroq noto'g'riga o'tib boramiz"

Mark Menson


Al Xorazmiy ham ahmoq edi. Faqat bizdan anchagina kamroq ahmoq bo'lgan.

Nima demoqchi ekanimni tushundingiz deb umid qilaman.

O'rganishdan charchamang ahmoqlar!

Fikrlaringiz bo'lsa @comment_answerbot ga jo'nating. Men uchun juda qiziq.

@Anvarsblog
195 views02:56
Ochish/sharhlash
2022-06-26 19:28:09 #Tasodifga_aldanganlar doim ko'p bo'lgan.

@Anvarsblog
161 views16:28
Ochish/sharhlash
2022-06-23 17:13:46
Qaysi biri afzalroq siz uchun?
Anonymous Poll
71%
Muhamadali Eshonqulov
29%
Davronbek Turdiev
55 voters188 views14:13
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:02:42
My story

Siz ham "5 ta durdona kitob" ni qo'lga kiritishga urunib ko'rishingiz mumkin.

@Anvarsblog
172 views11:02
Ochish/sharhlash
2022-06-21 06:36:05 Nega?

Avvallari o'ylardim. Hamma blog ochib tashlagan. Nima keragi bor shuni? O'zicha hamma aqlli. 1, 2 ta kitob o'qivolib o'shandagi iqtiboslarni yodlab olgan. Nega odamlar shunaqa bloglarga ulanishadi? Shunchalik qadrsiz bo'ldimi diqqatimiz? Bizni e'tiborimizga tushish shunchalik oson bo'lib qoldimi? Vaqtimizni qadri shu darajada pastmi? Duch kelgan odam chiqib hammaga aql o'rgataveradimi?...

Shunga o'xshab savollar meni o'ylantirardi.

Sizni bu holatga fikringiz qanday?

Sizga kim biror narsani o'rgatishga haqli deb o'ylaysiz?

Javobingizni @Comment_answerbot ga yozib qoldiring. Bu men uchun juda ham qiziq.

Keyin men o'z javobimni aytaman.

@Anvarsblog
165 views03:36
Ochish/sharhlash
2022-06-18 22:15:28 "Muvaffaqiyatli odamlar va haqiqatan ham muvaffaqiyatli odamlar o'rtasidagi farq shundaki, haqiqatan ham muvaffaqiyatli odamlar deyarli hamma narsaga "yo'q" deyishadi"

Nassim Nikolas Taleb

@Anvarsblog
158 viewsedited  19:15
Ochish/sharhlash
2022-06-13 06:52:29 Keling muvaffaqiyat sirini ochamiz!

Muvaffaqiyatli odamlar 19-zinada turib 50-zinani hayol qilishmaydi. Ular diqqatini 20-zinaga chiqishga qaratishadi.
(Menimcha shundayroq)

Tasavvur qiling sport zalga chiqyapsiz. Turnikda eng ko'pi 15 marta tortina olasiz. Siz 100 marta tortinishingizni tasavvur qilib hozirda siz uchun noreal bo'lgan homhayollar bilan band bo'lishingiz ham mumkin yoki realroq bo'lgan maqsad 15 ni 16 ga ko'tarish uchun harakat qilishingiz ham mumkin. Menimcha 2-variantda sizning maqsadingiz reallikka aylanishi ehtimoli ancha katta.

Xuddi shu misolga asosan xulosa chiqarsak: Muvaffaqiyatga erishish uchun kunlik kichik maqsadlar qo'yib ularga erishish zarur. Siz kimdandir ko'proq harakat qilishingiz yoki kimdandir ko'proq narsani o'rganishingiz shart emas. Shunchaki kechagi o'zingizdan 1% ga bo'lsa ham ko'proq narsani bilishingiz kifoya qiladi aslida...

... va bu kunlik maqsadlarga erishish ortidan sizda ichki mutloq ijobiy bo'lgan motivatsiyani paydo bo'ladi. Bu motivatsiyani ta'mini totganingizdan so'ng sizga tashqi motivatsiya deyarli kerak bo'lmaydi ham.

1. Maqsadingizni aniqlab oling.

2. Maqsadingizni loyihalashtiring.

3. Loyihangizdagi harakatlaringizni kunlik "maqsadcha"larga aylantiring va ularni bajaring.

Qarabsizki endi sizdan vaqtingiz va energiyangizni sarflab sabr qilish talab qilinadi. Omadingiz kelsa albatta maqsad sizniki deb hisoblayvering.

Agar o'xshamasach? O'xshamasa xatolardan xulosa chiqarib davom ettiring...

"Unutmang yutqazganingda emas, voz kechganingda yengilasan"

Boshqa oson formula yo'q.

@Anvarsblog
194 viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2022-06-13 06:23:07 "Muhimi, odamda nima bor yoki yo'qligi emas; u yo'qotishdan qo'rqadigan narsadir"

Nassim Nikolas Taleb

@Anvarsblog
158 viewsedited  03:23
Ochish/sharhlash
2022-06-13 06:21:27 "Texnologiya va qullik o'rtasidagi farq shundaki, qullar ozod emasliklarini to'liq bilishadi"

Nassim Nikolas Taleb

Ko'zimizni ochaylik.

@Anvarsblog
152 viewsedited  03:21
Ochish/sharhlash
2022-06-13 06:18:28 "O'zim o'rganganlarim haligacha esimda"

Nassim Nikolas Taleb


Biror sohada sizga bilim kerak bo'lsa, birov sizga o'rgatib qo'yishini kutmang. To'g'ri ustoz bilan tezroq va osonroq o'rganasiz. Ammo bu bilimlar siz bilan uzoq muddat qolishini xohlasangiz o'zingiz izlaning.

@Anvarsblog
140 viewsedited  03:18
Ochish/sharhlash