Get Mystery Box with random crypto!

Siyosat. 1. Siyosatga aralashish niyatim yo'q, ammo bir narsa | Anvar Abdurahim

Siyosat.

1. Siyosatga aralashish niyatim yo'q, ammo bir narsani yozsam degandim lekin eslatib qo'yay, yozganlarim bu meni fikrim, bu degani bu xato bo'lishi mumkin degani, shu jumladan to'g'ri ham.

2. Avvallari mo'minlarga bunday imkoniyatlar berilmagan edi, avvallari masjidlar bunchalik to'la bo'lmagan, avvallari soqol qo'yish xavfli edi, hozir hammasi boshqacha.

3. Bu imkoniyatlarni yaratib bergan Prezdentimizga rahmat aytmoqchiman, lekin eski zamonlar uchun eski Prezdentni ayblash mutlaqo noto'g'ri.

4. Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov, hozirda bu insonni islom diniga qarshi siyosiy harakatlarda ayblashadi,

5. Bu noto'g'ri bu inson qanday harakatlar qilganlarini bilmadim ammo endi ayblash noto'g'ri, har narsalarni tuhmat qilib postlar yozish noto'g'ri, siyosiy fitnalar uyushtiruvchi isqirt bloggerlarga ergashish noto'g'ri.

6. Islom Abdug'aniyevichni bizga Alloh berdi, Shavkat Miramonovichni ham, shunday ekan qadarga rozi bo'lib jim turaylik, o'lgan insonning ketidan sasimasdan.

7. Yana shuni bilingki mag'lubiyati uchun boshqalarni ayblaydigan insonlar, kuchsiz insonlardir, ketganidan keyin orqasida gapiradigan insonlar esa qo'rqoq insonlardir.

@Anvarrahimov95