Get Mystery Box with random crypto!

Kichik savdo rastalariga asoslangan iqtisodiyot - qoloq iqtiso | Anvar ibn Sobir

Kichik savdo rastalariga asoslangan iqtisodiyot - qoloq iqtisodiyot
Eshitdingizmi, metro tunellarida savdo rastalari qurilishiga yana ruxsat berilar ekan.
Bu iqtisodchida 2 ta e'tirozni keltirib chiqarishi kerak.
1. Nega unda oldinroq ular buzib tashlandi? Ularni qurishga, qolaversa buzishga mablag' sarflanganmidi? Shu xarajat kimni boshiga tushgan?
O'zi bunday yondashuvga o'rganib qoldik. Binolar, yo'l to'siqlari, tramvay yo'llari, devorlar, bozorlar buziladi va yana qayta quriladi. Yangilarini qachon quramiz?
Buni potensial sabablari ko'p. Rejalashtirishni bilmasligimiz, hokim almashishiga bog'lanib qolganimiz, korrupsiya, firma ochib davlatga molini sotish va h.k.
2. Magazinlar eng kam qo'shilgan qiymat beradigan soha. Sotuvchi, tashuvchi, hisobchi kabi 10 ta odamni ovora qiladi, lekin foydasi tovarni bir joydan 2 joyga olib kelib, xaridor vaqtini tejash. Lekin, hozir bunga hojat qolmadi. Internet magazin, dostavka degan narsalar chiqib ketti, tanlov katta. Uni ustiga sifatli narsa olaman degan odam bozorga boradi.
Magazinlar biznesmenni bankrot qiladigan soha bo'lib qoldi. Avtobus bekatlarida joylashgan magazinlar ko'pi bankrot, chang, sifatsiz va nazoratsiz.
Chet elga kichik magazin o'rnini allaqachon katta gipermarketu supermarketlar egallab bo'lgan. Ular maxsulot sifatiga ham javob beradi. Ularda kam odam mehnat qiladi, lekin unumdor ish qiladi. Kuni bo'yi vaqti mijoz kutish, telefonni titkilash bilan o'tmaydi.
Bilmadim bizda nega bunday ahvol. Ba'zilar dunyoni o'zini mahallasi darajasida ko'radi shekilli. Odamlarni band qilish va daromadini oshirish uchun qilayapmiz deydi yana. Bunday qilsa daromadi oshmaydi, aksincha qarzga botib battar bo'ladi.
@eResearch - Iqtisodiyot

Anvar ibn Sobir