Get Mystery Box with random crypto!

​​#review #taqriz Kitobxon mulohazalari * * * Javlon Jovliye | Anorbooks

​​#review #taqriz

Kitobxon mulohazalari

* * *
Javlon Jovliyevni mashhur qilgan "Qo'rqma" romanini allaqachon o'zbek kitobxonlari o'qishga ulgurgan. Navbatdagi kitoblarining qiymati ham oldingisidan deyarli farq qilmaydi. O'z uslubiga ega, so'zlarni marom ila tartiblaydigan, chertib-chertib qalblarga to'g'ri qadab qo'yadigan so'z egasi. Fikrlarida hurlik, istiqlol, milliy ongga targ'ibot qo'llash bilan bir qatorda o'quvchiga juda yaqin joydan so'zlaydi. Eng yaqin joyidan. O'quvchiga uning judayam olislarda qoldirgan, ham baxt, ham dard xotiralarini eslatadi. Ta'sirli, sehrli, so'zsiz, nuqtalar orqali anglatadi...

"Onam va koinot" faqat ona haqida emas. Voqelarning katta qismi shu muqaddas timsol atrofida aylanadi, biroq undan tashqaridagi juda ko'plab muhim mavzular haqida ham so'z yuritiladi. Qissalarning ko'pgina qismi o'tmishda sodir bo'lgani bilan birgalikda bugun ham ta'sirli. Fikrlar ila o'quvchiga mudhish voqelarning sabablari va ularning negizidagi vahshat ochiq ko'rsatiladi.

Urushning dahshatli yuzi...
Yozuvchi juda ko'p o'rinlarda uning azob-uqubatlari haqida keskin qarashlarni o'rtaga tashlaydi. Hatto yillar o'tsa hamki bu jarohatlar bitmagan. Hamon azoblayotganini, bitmas bu dardning yana takror bo'lish qo'rquvini reallik bilan ko'rsatadi. Insoniyat tanazzulining asosiy sababi sifatida gavdalantiradi bu dahshatni. O'quvchiga bot-bot "ko'zing och, sen farqla, sen angla, senda hali imkon bor" deganday hayqiradi.

Bundan tashqari, ona, Vatan, sof muhabbatning ham ajoyib ko'rinishdagi estetikasini ham uchratasiz.  Bir kichik taqriz orqali umumiy kitobning zavqini ochib berish, albatta, mushkul. Qancha so'z qotsak-da baribir o'zingiz o'qiganingizchalik, his qilganingizchalik bo'lmaydi. Albatta, o'qing.

Bookhnoor

Sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook