Get Mystery Box with random crypto!

Andijon MMTBning Maktabgacha ta'lim yo'nalishi Axborot xizmati

Telegram kanalining logotibi andijonmtb_matbuot — Andijon MMTBning Maktabgacha ta'lim yo'nalishi Axborot xizmati A
Telegram kanalining logotibi andijonmtb_matbuot — Andijon MMTBning Maktabgacha ta'lim yo'nalishi Axborot xizmati
Kanal manzili: @andijonmtb_matbuot
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.94K
Kanalning ta’rifi

Andijon viloyati Maktabgacha ta'lim agentligining rasmiy kanali. Muammo, takliflar uchun matbuot kotibiga murojaat qiling.
@Murojaat_MTB_bot
https://andijonvmtb.uz/qabul

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 12:50:31 ​​#soha_xodimlari_mukofotlanishdi

Prezident Qarori bilan Maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar ham faxriy unvonlar bilan taqdirlanishdi.

Jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Prekeshova Anargul Usenovna "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 522-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedi bo‘lib ishlayotgan Mirmaxmudova Kamola Mirnigmatovna "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 12-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Xolmuratova Odinaxon Mamitovnaga II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni topshirildi.

——————

Согласно Указу Президента, группа сотрудников, осуществляющих деятельность в сфере дошкольного образования, также была награждена почетными званиями.

Из них:

Прекешова Анаргуль Усеновна
, воспитатель дошкольной образовательной организации №7 Муйнакского района Республики Каракалпакстан, награждена орденом «Дустлик».

Мирмахмудова Камола Мирнигматовна, работающая логопедом в специализированной дошкольной образовательной организации № 522 Алмазарского района г. Ташкента, награждена медалью «Шухрат».

Холмуратова Одинахан Мамитовна
, директор дошкольной образовательной организации №12 Джалакудукского района Андижанской области, награждена орденом «За здоровое поколение» 2-й степени.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
303 views09:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:30:21
#Live

"Аnorzor afsona bolalari" nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining jonli kadrlari bilan tanishing...

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
360 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:28:05
#Live

Аyni paytda Andijon viloyati, Izboskan tumanning Аnorzor mahalla fuqarolar yigʼini hududida, tadbirkor Ozodaxon Qoʼldoshevaning tashabbusi bilan "Аnorzor afsona bolalari" nomli 110 oʼringa moʼljallangan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʼlib oʼtmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
361 viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:09:01
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, madaniyat, san'at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni tasdiqlandi.

Ushbu Farmonga ko'ra Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 12-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori Xolmuratova Odinaxon Mamitovna II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i A. Azimov hamda boshqarma xodimlari O. Xolmuratovani mazkur orden bilan taqdirlanganligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
415 viewsedited  06:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:07:01
Andijon viloyati, Andijon tumani maktabgacha ta'lim bo'limining Avgust konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
426 viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:26:01
MUSTАQILLIK BАYRАMI АRАFАSIDА SHАHRIMIZDА YANGI BINOLAR FOYDАLАNISHGА TOPSHIRILMOQDА

Andijon viloyati, Xonobod shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik tantanalari arafasida shaharning chekka hududlaridan biri А.Navoiy MFYda yangi "Navroʼz" davlat xususiy sherikchilik asosidagi 75 oʼrinli bolalar bogʼchasi foydalanishga topshirildi.

Ushbu ochilish marosimining yana bir quvonarli jihatlaridan biri tadbirkor tomonidan shahrimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar bolajonlarga xatna toʼylari oʼtkazilib bolajonlarga qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
498 views14:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:38:02
Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish qoʼllanmalari"i Andijon viloyatiga yetib keldi.

Mazkur qo'llanmalar mutlaqo bepul bo'lib, viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yetkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
499 views13:38
Ochish/sharhlash
2022-07-08 16:08:02
Bolalarini xususiy bogʼcha va maktabga yuborayotgan ota-onalar daromad soligʼidan qisman ozod etiladi

Joriy yilning, 7-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi oʼkazildi.

Majlisda «Soliq va bojxona qonunchiligi, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qoʼllanilishini takomillashtirishga qaratilgan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʼqishda kontseptual jihatdan koʼrib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan mobilь aloqa xizmatlari uchun aktsiz soligʼi stavkasi 15 foizdan 10 foizga tushiriladi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million soʼmgacha boʼlgan toʼlovlari daromad soligʼidan ozod etiladi, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari beriladi va alohida soliq rejimi joriy etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
20 views13:08
Ochish/sharhlash
2022-07-08 15:14:01
"XAYR BOG'CHAM, SALOM MAKTAB"

Andijon viloyati, Bo'ston tumanidagi 28-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining shirintoy bolajonlari tomonidan "Xayr bog'cham, Salom maktab" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Bo'ston tumani hokimi, sektor rahbarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri hamda bolajonlarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bolajonlar o'z tashkilotida o'rgangan bilimlari uchun o'z ustozlariga minnatdorchilik bildirib, ustoz, bog'cha va maktabni tarannum etuvchi she'r, qo'shiqlar ijro etib, mehmonlarning ko'nglidan joy oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
111 views12:14
Ochish/sharhlash
2022-07-08 15:04:02
"MOHIR QO'LLAR" KO'RIK TANLOVI

Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa тuman maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, iste'dodli va o'z ishiga sitqidildan yondashayotgan tarbiyachi pedagoglarni aniqlash va ularni rag'batlantirish maqsadida Andijon tumani 14-DMTTda "Mohir qo'llar" kasbiy ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda 1-o'rinni 13-DMTT tarbiyachisi D. Matisayeva, 2-o'rnni 1-DMTT tarbiyachisi N. Isaqova, 3-o'rinni 35-DMTT tarbiyachisi M. Jumaboyeva egaladilar. G'oliblarga va faol ishtirokchilarga bo'lim tomonidan tashakkurnoma va sovg`alar taqdim etildi. 13-DMTT tarbiyachisi D. Matisayeva tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube|Web sayt
127 views12:04
Ochish/sharhlash