Get Mystery Box with random crypto!

Ekximoz (ko'karish) - teri osti shilliq qavatdagi keng kapilly | Anatomiya audiodarslik

Ekximoz (ko'karish) - teri osti shilliq qavatdagi keng kapillyar qon ketish.

Etiologiyasi:
- asosan, mexanik shikastlanishlardan keyin yuzaga keladi.
- agar hech qanday tashqi ta'sirsiz yuzaga kelsa, qon yoki qon tomirlar patologiyasi natijasi bo'lishi mumkin.
- shuningdek, yuqumli kasalliklar asorati sifatida ham yuzaga keladi.

Klinik manzarasi:
Ekximoz notekis, chegaralanmagan, diametri 3-5 mm dan bir necha sm gacha bo'lgan binafsharangli dog'lar ko'rinishida bo'ladi. Ko'p hollarda petexiyalar bilan birgalikda uchraydi.
Ularning rivojlanish mexanizmi bir xil bo'lib, hajmi va shakli bilan farqlanadi.

Davolash:
Shikastlanishdan keyingi ko'karishlar asta-sekin o'zi yo'qoladi. Issiq yoki sovuq kompress orqali bu jarayonni tezlatish mumkin.
Ko'karish biror kasallik asorati bo'lsa, tezda tashxis qo'yib, asosiy kasallikni davolashga e'tibor qaratiladi.