Get Mystery Box with random crypto!

​ American and British Bilamizki, amerikan va britan aksentl | 🍃ANASOV's Blog💥KOREA🇰🇷

​ American and British

Bilamizki, amerikan va britan aksentlari ingliz tilidagi eng keng tarqalganlaridir. Ularning o'rtasida kichik farqlar uchrab turadi. Talaffuzida, ishlatiladigan so'zlarida va gramatikasida ham ba'zi kichik farqlar  bor. Bugunchalik, bu ikki aksentda ishlatiladigan, bir-biridan farq qiluvchi so'zlarni ko'rib chiqamiz.

Masalan, amerikan aksentda "motor" so'zi ishlatilsa, britanlar uning o'rniga "engine" so'zini ishlatadi. Quyida, boshqa so'zlarni ham ko'rishingiz mumkin.

-

antenna - aerial
gas, gasoline - petrol
fall - autumn
elevator - lift
mail - post
pants - trousers
garbage, trash - rubbish
candy  - sweets
dessert - sweet
schedule - timetable
cookie - biscuit
driver's license - driving license
vacation - holiday

Ko'pchilik ularni bilib-bilmay aralashtirib ishlatib yuboradi. Bu katta fojia bo'lmasligi mumkin lekin baribir 1ta aksentni tanlab faqat o'sha aksentdagi so'zlarni ishlatish maqsadga muvofiqroq bo'ladi.