Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onaga itoatsizlik qilish, ularga qattiq gapirish, jerkish, | Yurak Amri

Ota-onaga itoatsizlik qilish, ularga qattiq gapirish, jerkish, xafa qilish, haqorat qilish, qo‘l ko‘tarish – eng katta va eng og‘ir gunohdir! “Ota-onaga oq bo‘lish” degani aslida – mana shu. Uni ota-ona tilda aytishlari shart emas. Balki qattiq ranjishlari yetarli bo‘ladi.
Abdulloh Ibn Muborak shunday deganlar: “Agar ota-onang sen bilan murosa qilishni boshlasa, senga gapirganda, bezovtalanishingdan, g‘azabing chiqishidan qo‘rqib, ehtiyotkorlik bilan, so‘zlarni saralab gapira boshlashsa – bilib qo‘yki, ota-onangga oq bo‘lyapsan!”.
Alloh taolo Muso alayhis – salomga shunday vahiy qilgan ekan: “Ey Muso! Ota-onangni ulug‘lagin. Kimki ota-onasini ulug‘lasa, uning umrini uzun qilib, unga ham uni ulug‘laydigan farzandni beraman. Kim ota-onasiga oq bo‘lsa, umridan qisqartirib, unga ham oq bo‘ladigan farzand beraman”.