Get Mystery Box with random crypto!

Qur’oni karimning ko‘plab oyati karimalarida ota-onaga yaxshil | Yurak Amri

Qur’oni karimning ko‘plab oyati karimalarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topishga amr qilinadi..!

Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi: “Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt”

(Isro surasi, 23 oyat).

«Ota-onasiga yaxshiliklar qilib, yaxshi muomalada bo‘lib, ularni mamnun etgan kishining umri barakali, uzun bo‘ladi. Aksincha, ularni ranjitib, xafa qilgan kimsaning umri qisqa bo‘ladi».
Qiyomat kun eng og’ir jazolanuvchilar ota-onasini ranjitganlar bo‘ladi. O’sha dahshatli kunda Alloh rahmatidan ularni uzoq qiladi.