Get Mystery Box with random crypto!

ISLOMNING MADORI BO‘LGAN TO‘RT HADIS Ali ibn Husayn roziyal | Yurak Amri

ISLOMNING MADORI BO‘LGAN TO‘RT HADIS

Ali ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Kishi Islomining go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun befoyda bo‘lgan narsani tark qilishidir", dedilar".
Termiziy, Ahmad va al-Hokim rivoyat qilishgan.

Sharh: Bu hadisi sharif Islomning madori bo‘lgan to‘rt hadisning biridir.
Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhi:
"Bu hadis Islomning madori bo‘lgan hadislardandir.
Insonning dini uchun to‘rtta hadis kifoya qilur:
1. "Albatta, amallar niyatga bog‘likdir" hadisi.
2. "Birortangiz toki o‘ziga yaxshi ko‘rgan narsani o‘z birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi" hadisi.
3. "Kishi Islomining go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun behuda bo‘lgan narsani tark qilishidir" hadisi.
4. "Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir" hadislari", degan ekanlar.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube