Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, mol-dunyolaringiz va bola-c | Yurak Amri

Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya'ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!» 
(Munofiqun surasi, 9).
Mufassirlar aytganlarki, oyatdagi Allohning zikridan murod besh vaqt namozdir. Kimki namozni vaqtida o‘qishdan tijoratdagi, oldi-sotdidagi, kundalik hayotidagi mol-dunyosi yoki farzandlari sababli mashg‘ul bo‘lib qolsa, u ziyonkorlardandir.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Bandaning qiyomat kunida birinchi hisob-kitob qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi) durust bo‘lsa, boshqa amallari ham durust bo‘ladi. Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo‘lsa, qolgan amallari ham yaroqsiz bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati).