Get Mystery Box with random crypto!

Shahrisabz shahridagi 'Oqsaroy' majmuasi xodimi Aziz Axmedov A | Amir Temur va Temuriylar tarixi

Shahrisabz shahridagi "Oqsaroy" majmuasi xodimi Aziz Axmedov Amir Temur davrida bunyod etilgan saroy maketini tayyorladi. U 22 yil davomida Oqsaroy maketi ustida ish olib borgan.

“Amir Temurning bunday muhtasham saroyni qurishdan maqsadi — xalqaro diplomatik aloqalarni oʻrnatish edi. Bugungi kunga qadar saroy darvozasining faqat yarmi saqlanib qolgan. Oqsaroy darvozasi Islom me'morchiligida dunyodagi eng katta darvozadir.

Fasad tepasiga: "Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing!" deb yozilgani bejizga emas. Qurilishga tayyorgarlik ko'rish uchun o'n yil ketgan bo‘lsa, islom meʼmoriy yodgorliklari orasida Oqsaroy alohida oʻrin tutadi. Xozir undan faqat ikkita ustun qolgan va ular juda maftunkor. Temurni sahro me’mori deyishlari bejiz emas", — deydi Aziz Axmedov.

Mutaxassis tomonidan ta'kidlanishicha, maketdagi g‘ishtlar soni Oqsaroydagi g‘ishtlarga teng bo‘lib, maksimal darajada asliyatga yaqinlashtirilgan.