Get Mystery Box with random crypto!

Amerika orzusi – haqiqat yoki ertak? Qisqa javob – ertaknamo | American BLOG 🇺🇿/🇺🇸

Amerika orzusi – haqiqat yoki ertak?
Qisqa javob – ertaknamo haqiqat.

Hech kimga sir emaski, Amerikaga borishni hohlamaydigan insonni o’zi bo’lmasa kerak! Yosh-u, qari borki Amerikaga kelishga harakat qiladi va ushbu istak shunchalik kuchlikki, hatto ushbu yo’lda Janubiy Amerika boylab minglab kilometr yo'l bosib, Meksika chegarasi orqali Amerikaga kirish maqsadida, hayotlarini havf ostiga qo’yishga ham tayyorlar.

Ho’sh Amerika haqiqatdan ham shunchalik imkoniyarlarga boy davlatmi? Umuman olganda – Ha. Chindan ham AQSH da har qanday inson uchun juda keng imkoniyatlar mavjud. Lekin shu o’rinda, Louis Pasteurning “Chance favors only the prepared mind” degan gapi o’rinli bo’lar edi. Yani, imkoniyat faqatgina shu imkoniyatga tayyor bo’lgan insongagina naf beradi. Agar siz Amerikaga Ingliz tilini bilmasdan, kelsangiz ko’pgina imkoniyatlar sizga naf bermasligi mumkin! Amerikada ham qolgan davlatlar kabi pul daraxtda o’stmaydi, yaxshi yashash uchun yaxshi ishlash kerak, ammo qolgan davlatlardan yaxshiroq