Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz | Bugun

Telegram kanalining logotibi amaldauz_bugun — Amalda.uz | Bugun
Kanal manzili: @amaldauz_bugun
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 427.70K
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-11 17:42:23
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rinotin Kids haqidagi barcha xabarlar feyk bo‘lib chiqqani aytilmoqda

Kompaniya vakilining aytishicha, Rinotin Kids haqida tarmoqlarda tarqalgan turli xil xabarlardan so‘ng barcha mahsulotlar dorixonalardan yig‘ib olingan va tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish uchun labaratoriyaga berilgan. Ekspertiza xulosasi biologik faol qo‘shimchada hech qanday zararli moddalar aniqlanmaganini ko‘rsatgan. Bu haqida Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ham tegishli xulosa bergan.

Amalda.uz Telegram kanali
15.2K views14:42
Ochish/sharhlash
2024-05-08 12:01:02
БАРЧА ШАХАРЛАРГА АППАРАТЛАРНИ ЭНГ АРЗОН НАРХЛАРДА ЯСАБ ЕТКАЗИБ УРНАТИБ ИШ ЖАРАЁНИНИ УРГАТИБ БЕРАМИЗ РЕЦЕПТУРАЛАРИ БИЛАН ШУ МАХСУЛОТЛАРНИ БАРЧАСИНИ
ОТТОЧЕНТО
ВИНСИЯНКА
МАРМАРИНО
ЛЕОНАРДО
ТРАВИНТИН
ТРАВИНТИН ЛАК
ТРАВИНТИН ГРУНТОФКВ
ВНУТРИНИ
ФАСАДНИЙ
МОЙИШИ
РАНГЛИ ИМУЛСИЯЛАР
ПВА КЛЕЙ
ГРУНТОФКА
КАФЕЛ КЛЕЙ
ГИПСЛИ СУВОКЛАР
ФИНИШНИ
ФАСАДНИ
ГРУНТОВИЧНИ ШПАТИЛОПКАЛАР
НАЛИВНОЙ ПОЛ
ФУГА
АНТИМОРОЗ
МАХСУЛОТ СИФАТИГА НАРХЛАРИГА 100 % КАФОЛАТ БЕРАМИЗ.
+99888.575-44--44
14.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-05-08 11:01:10
Bugun va ertaga quyosh nuri salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Shu kunlarda tush payti O‘zbekistonda quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 9 ballga yetadi.

Amalda.uz Telegram kanali
13.4K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2024-05-06 11:50:11
Yangi tishlarni oʻstirish uchun moʻljallangan dunyodagi birinchi dori sentyabr oyida odamlarda sinovdan oʻtkaziladi.

Preparat hayvonlarda ajoyib natijalarni koʻrsatdi, tishlarini hech qanday jiddiy nojoʻya taʼsirlarsiz tikladi.

Sinov doirasida preparat vena ichiga 30 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan shaxslarga, ikkinchi bosqichda esa 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga yuboriladi.

Agar hammasi muammosiz kechsa, preparat 2030-yilda sotuvga chiqarilishi mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali
13.2K viewsedited  08:50
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:18:55
Bugun gaz va elektr energiyasiga eski tariflarda 2 oyga oldindan to'lov qilishning oxirgi kuni

1-maydan boshlab elektr va gaz narxi oshadi va sizning oylik iste'molingizga bog'liq bo'ladi:

Elektr energiyasi tariflari:
200 kVt/soatgacha – 450 so‘m
1000 kVt/soatgacha – 900 so‘m
5000 kVt/soatgacha – 1350 so‘m
10 000 kVt/soatgacha – 1575 so‘m
10000 kVt/soatdan – 1800 so‘m

Gaz tariflari:
Oyiga 500 m3 gacha - 650 so'm
Oyiga 2500 m3 gacha. – 1500 so‘m
Oyiga 5000 m3 gacha. – 1950 so‘m
Oyiga 10 000 m3 gacha. – 2275 so‘m
10 mingdan ortiq - 2600 so'm

Amalda.uz Telegram kanali
17.5K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2024-04-15 17:23:16
Bugun nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdildi.

Suhbat davomida milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar va ularga yechim topish yo‘llarini batafsil muhokama qilindi.

Amalda.uz Telegram kanali
15.3K views14:23
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:05:20
Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda

Yil boshidan beri “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bogʻliq 247 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorugʻ vaqtida chiroqlarni yoqib qoʻyish) holatlari uchun javobgarlik mavjud. Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming soʻm) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming soʻm) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Amalda.uz Telegram kanali
18.4K views05:05
Ochish/sharhlash
2024-04-15 06:20:42
Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni bekor qildi

Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan bog‘liq qarorini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways faqat 15 aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Ushbu aviaqatnov chiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarib olish mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali
16.9K viewsedited  03:20
Ochish/sharhlash
2024-04-10 17:43:16
Qashqadaryoda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Soat 18:08 da Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Magnituda М=3,8. Chuqurlik 15 km. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Mirishkor tumanida 3 ball.

Amalda.uz Telegram kanali
23.2K viewsedited  14:43
Ochish/sharhlash
2024-04-10 17:43:12
Vaybay.uz jamoasidan yangilik! Endi siz sevimli desertlaringizni kichik hajmda (350gr) xarid qilishingiz mumkin. Hoziroq buyurtma bering.

Barchasi - 70.000 so’mdan

Qolaversa katta hajmdagi shirinliklarga Hayit ayyomi munosabati bila 10% chegirma ham mavjud.

Unikal shirinliklarni tatib ko’rishga shoshiling.

+998 97-170-26-36
+998 99-033-31-13

Prosto Mazza
#vaybay
20.7K views14:43
Ochish/sharhlash