Get Mystery Box with random crypto!

#sevimlii ☆☆☆ Gulbargni bittalab yulaman: Sevadi... Sevmaydi | 🍁Alvon hislar🍁

#sevimlii

☆☆☆

Gulbargni bittalab yulaman:
Sevadi...
Sevmaydi...
Sevadi...
Sevmaydi...
Tugaydi gulbarglar,
Negadir yig‘lagim keladi.

Ko‘nmayman bu o‘yin shartiga,
Aldamchi gulbarglar aldaydi.
U meni qanchalik sevishin,
O‘zi ham menchalik bilmaydi!

Bu qadar «bema’ni» o‘yinning
Shartlarin o‘zimga olmay tan,
Sochilgan umidlar parchasin
Boshqatdan,
Boshqacha sanayman!

Sevadi...
Sevadi...
Sevadi!!!
Baribir yig‘lagim keladi...



Rohatoy Ismoilova.
@alvon_hislar