Get Mystery Box with random crypto!

O'qishga kira olmaganlar uchun layfxak O'qishga kira olmagan | Alpha education Talabalari!

O'qishga kira olmaganlar uchun layfxak

O'qishga kira olmagan lekin o'zi xoxlagan yo'nalishda o'qimoqchi bo'lgan abituriyent yana bir yil vaqt yo'qotmaslik uchun nima qilishi kerak? Ular uchun ikki xil variat mavjud:

1. Xususiy oliygohlarga o'qishga kirish – xususiy oliygohga o'zingiz o'qimoqchi bo'lgan yo'nalish yoki unga mos va turdosh yo'nalishga o'qishga kirasiz va bir yildan so'ng imtihon asosida davlat oliygohiga o'qishingizni ko'chirishingiz mumkin. Yana bir usuli: imtihonsiz oshirilgan kontrakt asosida noturdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirish. Agarda o'qishingizni ko'chira olmasangiz ham diplomingiz O'zbekistonda tan olinadi.

2. Xorijiy oliygohga o'qishga kirish – agarda TOP-1000 talik oliygohga o'qishga kirsangiz, bir yildan so'ng "perevod" uchun hujjat topshirishingiz mumkin. Agarda imtihondan o'tolmasangiz sizning diplomingiz to'g'ridan-to'g'ri yurtimizda tan olinadi. Agarda TOP-1000 talikka kirmagan oliygohga o'qishga topshirsangiz yana "perevod" uchun hujjat topshirasiz va imtihondan o'tolmasangiz, o'qishni tamomlab diplomingizni nostrifikatsiya qilasiz. Hozirgi kunda nostrifikatsiya imtihoni ancha oson va o'tish bali ham 56,7 ballni tashkil etadi.

Avvalo bu sizning kelajagingiz, yakuniy xulosaga ota-onangiz bilan maslahatlashib kelasiz.

Batafsil ma'lumot va hujjatlar qabuli uchun telefonlar
+998954994939
+998900463004
+998997864045