Get Mystery Box with random crypto!

Unlilar       Arab tilida oltita unli tovush mavjud, ular qis | Almutaallim

Unlilar
   
  Arab tilida oltita unli tovush mavjud, ular qisqa unlilar: a, i, u hamda cho'ziq unlilar: aa, ii, uu. Ular ko'rib turganingizdek, aslida uch xil tovush bo'lib, talaffuz miqdorida, ya'ni cho'ziq va qisqalikda farqlanadi. Aniqrog'i, cho'ziq unlilar qisqa unlilarning cho'ziq shakllari bo'lib, qisqa unlini ikki marta talaffuz qilishga sarf etilgan vaqt miqdorida cho'zib aytiladi.

    Harakat tushunchasi...

   Arab imlosida unlilar harflar emas, balki ma'lum belgilar bilan ifodalanadi va bu belgilar « Harakatlar » deb ataladi. Harakatlar harflarning usti yoki ostiga qo'yiladi:
 
  Harf ustidagi qisqa yotiq chiziqcha ( َ  ) «a» tovushini bildiradi va bu harakat « Fatha » deyiladi.
  
Ushbu chiziqcha ( ِ   ) harfning ostiga qo'yilsa, «i» tovushini bildiradi va « Kasra » deb nomlanadi.
  
Harfning ustiga go'yo "vav"ning kichkinasi ( ُ  ) yuklatilsa, bu « u » tovushini anglatadi va «Zamma» deb yuritiladi.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

"Qur'on tartili"

#arab_tili

https://t.me/almutaallimu_blog