Get Mystery Box with random crypto!

Hali so‘ralamiz... Barchasidan so‘ralamiz... Bekorchi o‘tg | Gulim 🌸

Hali so‘ralamiz...

Barchasidan so‘ralamiz...

Bekorchi o‘tgan vaqtdan, ne'matlardan...

Shukr qilganlarimizdan, qilmaganlarimizdan...

Ranjigan, ranjitgan ko‘ngillarimizdan...

Sababsiz qoldirgan namozlarimizdan...

Bilmasdan so‘zlangan so‘zlardan... Haq bo‘la turib, haqiqatni aytolmaganimizdan, qo‘rqqanimizdan...

Alloh yo‘lida qiladigan ishlardan voz kechganimizdan...

Yordam berish qo‘limizdan kelsa-da, hech ikkilanmasdan indamay ketganimizdan...

Birovni o‘zi yo‘q vaqtida ortidan gapirgan gaplarimizdan, kulganimizdan...

Gunohligini bilib turib, tiyilmaganimizdan... O‘zimizni tiyolmaganimizdan... Asrolmaganimizdan...

Insonlarga nasihat qilib, o‘zimiz amal qilmaganmizdan...


So‘ralamiz...

Baridan, barchasidan so‘ralamiz...