Get Mystery Box with random crypto!

Men keldim, Robbim! Men keldim, Robbim! Yugurib keldim. Yondi | Gulim 🌸

Men keldim, Robbim!

Men keldim, Robbim!
Yugurib keldim. Yondim, uygʻondimu keldim.
Xatolarimni yelkamga, iztiroblarimni koʻzimda koʻtarib keldim.
Ummonlar osha panoh topadigan makoni yoʻqligini anglagan kema misoli Senga keldim.
Halovatu huzurni sendan topishni bilib keldim.
Uch kunlik dunyoning uchinchi kuni boʻlgan bugunlarni ertalarga kechiktirgan va ertani koʻra olmagan mahrum kabi Senga keldim. Men keldim, Robbim!
Shafqating bilan yaralarimga malham boʻl, Rahmating bilan chap koʻksimni toʻldir deya Senga keldim.
Abadul abad Sen bilan qolish uchun, Senga qul boʻlish, Sen uchun kul boʻlishga keldim.
Meni Huzuringga qabul qil, Robbim!..

#Yoʻlovchi