Get Mystery Box with random crypto!

Quiz on Koreada yutish Shu haqida savollar bo'lyapti. Qanday | Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Quiz on Koreada yutish

Shu haqida savollar bo'lyapti. Qanday kitoblar o'qish kerak? Koreys tilini qay darajada yaxshi bilish kerak?

To'g'risini aytganda men bu tanlovga(O'zbekistondagi saralash) tayyorlanish uchun kitob o'qib tayyorlanmadim. 15 yillik Koreys tili tajribasi va Koreyadagi universitetda o'qigan tajribam menga foyda berib, o'zi madad berganiga 1-o'rin nasib qildi.
Bu tanlovda Koreya haqida ko'p ma'lumotga ega odam g'olib bo'lishi mumkin deb o'ylayman.
Shuning uchun biron kitobni o'qishni tavsiya qila olmayman.
Koreya madaniyati, tili, tarixi haqidagi barcha kitoblarni o'qish kerak deb o'ylayman.
2012-yilgi "Quiz on Korea" finalida g'olib bo'lgan O'zbekistonlik Hulkar ham shu fikrni aytgalar.

Koreys tilini qanchalik yaxshi bilish kerak? Qanchalik zo'r bilsangiz shunchalik yaxshi. Shunga o'rganishdan to'xtamang.

Finalga qanday tayyorlanyapman?
KBS tomonidan tashkil etilgan sayohatlar orqali to'planayotgan bilim va shu paytgacha to'plangan tajriba bilan, yaratgandan madad so'rab. Boshqa tayyorlanayotgan narsam yo'q:)

Ps. Finalgacha bosib tayyorlansam chalkashib ketaman dib o'ylavomman.

@allimtv