Get Mystery Box with random crypto!

Koreya sarguzashtlari 1 Koreya safari boshlandi. 2022-yilgi ' | Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Koreya sarguzashtlari 1

Koreya safari boshlandi.
2022-yilgi "Quiz on Korea" tanlovi finalida qatnashish uchun Seulda bo'lib turibman.
Taasurotlar juda ajoyib. Bu tanlov KBS telekanali va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgani uchun tayyorgarlik yaxshi.
Aeroportdan kutib olib, mehmonxonaga joylashtirishdi. Ovqatlarni ham o'zligi olib berishyapti.
Mehmonxona KBS binosi oldida bo'lgani uchun finalga tayyorlanish ham oson bo'ladiganga o'xshaydi InshaAlloh.
Ertaga esa Daejon(대전) shahriga 1 kunlik safarga chiqamiz Hudoxohlasa.
Covid-19 sababli ko'pchilik tanishlar bilan ko'risha olmayabganim odamni ko'nglini hira qilyapti.
Lekin tanlovni havfsiz o'tishi uchun shunday qilishga majburmiz.
Bugun final qanday o'tishi haqida ma'lumotlar berildi.
Umumiy 3 ta round bo'lar ekan.
1-roundan keyin 10 ta ishtirokchi, 2-roundan keyin esa 3 ta ishtirokchi 3-rounda finalga chiqar ekan.
Finalda beriladigan savollarga o'xshash savollarni berib ozgina tayyorlandik.
Savollar ancha qiyin masalan: Koreya madhiyasida chiqadigan tog'ni nomi(buni bilmas ekanman), KBS da suratga olingan Kingdom 2 ko'rsatuvida 2-o'rini olgan guruh qaysi?(K-pop to'g'risida bo'lgani uchun bu savolga ham to'g'ri javob bera olmadim:(
Shunga finalga ancha tayyorlanish kerak deb o'ylab qoldim.

Ps. Sizlar bilan finalda kiyadigan futbolkam rasmini ulashmoqchiman. Futbolka dizayni sizlarga yoqsa yoqmasa qo'yishingiz mumkin:)

@allimtv