Get Mystery Box with random crypto!

Allaev Uz

Telegram kanalining logotibi allaevuzb — Allaev Uz A
Telegram kanalining logotibi allaevuzb — Allaev Uz
Kanal manzili: @allaevuzb
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.99K
Kanalning ta’rifi

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали.
Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com
Аноним мурожаат: t.me/anonimnye_voprosy_bot?start=605745778
Реклама масалалари: @asaxiymedia

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-12 14:28:28 Oʻrta asrlarda "Vassalimning vassali mening vassalim emas" degan qarash Yevropa hukmdorlarini inqirozga olib borgan. Maktabda tarixni yaxshi oʻqiganlar bu jumlani yaxshi bilishadi.
Tarix shunaqa narsaki, bir davrda mutlaqo xato boʻlgan qarash boshqa bir davrda eng toʻgʻri qarash boʻlib chiqishi mumkin. Bugun zamonaviy dunyo inklyuziv boshqaruv eng toʻgʻri ekanligini tan olib boʻldi. Rivojlangan davlatlarda nafaqat katta korporatsiyalar, hatto davlat ham mahalliy hokimiyatga oʻzi uchun koʻproq qaror qilish imkonini bermoqda. Xullas, biznesda ham, davlat boshqaruvida ham hokimiyat boʻlinib ketdi. Mana shu inklyuzivlik ajoyib muvozanat yaratib, avvalo xatolarning oʻrnini oladigan tiyib turuvchi mexanizm yaratmoqda, boshqa tomondan hammaga oʻz talantini ochish uchun imkon yaratmoqda.

Rahbarga kuchli, avtoritar, doim haq deb qarash biznes muhitida keskin oʻzgardi. Hozirgi tizim rahbarni ehtimoliy xatolardan tiyib turish uchun oʻylangan. Tiyib turuvchi mexanizm boʻlsa rivojlanish uchun yanada katta imkoniyatlar ochmoqda.

@allaevuzb
4.5K viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:58:26
Ниҳоят "Код бузар" сотувда:
https://asaxiy.uz/product/uolter-ayzekson-kod-buzar
4.8K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-06-12 11:51:09
Kunning biznesdagi asosiy yangiligiga xalq reaksiyasi.
Rasm twitterdan. Muallif rozi boʻlsin.

@allaevuzb
5.7K views08:51
Ochish/sharhlash
2023-06-10 15:08:01
Misrda qum boʻron ekan. Bu safar ancha xavfli boʻlibdi. Aytishlaricha, 13 m/s tezlikda boʻlgan, elektr liniyalariga va portlarga zarar yetgan.

@allaevuzb
6.5K views12:08
Ochish/sharhlash
2023-06-10 10:58:01
Kapitalizatsiyasi boʻyicha Top 15 aktivlar. Roʻyxatda "United health" man uchun yangilik boʻldi.

@allaevuzb
5.5K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:42:01
Телеграмдан саккиз йил ўтиб Whatsapp да каналлар пайдо бўлар экан.
5.9K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:17:08
Никита ҳақ. Шенгенга виза олиш ўзбекистонликлар учун борган сари мураккаблашиб, бюрократия ва камситиш уясига айланмоқда. Виза марказлари, консуллик идораларидаги қоракўзларимиз юртдошларимизни камситишнинг барча шаклидан фойдаланади, десак муболаға бўлмайди. Ўзбекистон фуқаролари агрессор Россия фуқароларидан ҳам қийин шарт-шароитларда, Афғонистон ва Сомали каби давлатларга қўйиладиган талаблар доирасида виза олса керак.

Ташқи ишлар вазирлигимиз фаолиятининг асосий йўналишларидан бири айнан ўзбекистонликлар учун виза олиш тартиб-таомилларини юмшатишга қаратилган музокаралар, чора-тадбирлардан иборат бўлиши лозим ва лобуд. Ҳеч қурса қозоғистонликлар даражасида.
4.7K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:45:27
Turkiyada Markaziy Bank raisi etib Hafize Gaye Erkan tayinlandi.

Erdogan hukumati yangi besh yillikni oldingi mandat siyosatidan chekinish bilan boshladi. Moliya va iqtisod bilan bog'liq asosiy postlar erkin bozorga asoslangan, liberal reformalar tarafdorlariga topshirilmoqda. Hafize Gaye Erkan mamlakatda Markaziy bankni boshqargan ilk ayol bo'ladi.

U AQSHning Priston Universitetini tugatgan, shuningdek Harvard va Stenfordning turli dasturlarida qatnashgan. Portfolioda AQSHning yirik banklaridan tortib, Tiffany Coning direktorlar kengashigacha bor ekan.

O'qib chiqdim, CV haqiqatdan zo'r.

Erdogan Markaziy bank faoliyatiga aralashuvdan voz kechadimi va qayta moliyalashtirish stavkasi bozor narxlariga qaytadimi degan savolga javobni vaqt ko'rsatadi.

@allaevuzb
5.4K viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:33:01 AQSH davlat departamenti sanksiyalarni aylanib oʻtishda Rossiyaga yordam berayotgan 5 mamlakatni sanab oʻtibdi. Bular: Qozog'iston, Turkiya, BAA, Gruziya va Armaniston.
Hozirda Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 11-paketini tayyorlamoqda. Bu safar sanksiyalar Rossiyaning yaqin hamkorlariga nisbatan qoʻllanilishi ham aytilmoqda. Baralla aytilmasada, bundan Rossiya hamkorlari xavotirda ekanligi seziladi.

@allaevuzb
4.9K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-06-08 21:20:02 Rossiyaning “Zarplata.ru” nashri talabalar oʻrtasida yozgi taʼtilda ishlash haqida soʻrovnoma oʻtkazibdi. 

Unga koʻra talabalarning 32 foizi taʼtil vaqtida ishlamoqchi ekan. 

Ishlaydiganlardan 15 foizi kuryer, 11 foizi ofitsiant, 8 foizi sotuvchi, 7 foizi mahsulot qadoqlovchi, 5 foizi kassir, 4 foizi repetitor, yana 4 foizi yuk tashuvchi boʻlib ishlashmoqchi. 

PS: Talabalarga yozgi taʼtilda ishlashni, imkon boʻlsa kelajaklari bilan bogʻliq sohada ishlashni tavsiya qilaman. Bu sizga qoʻshimcha tajriba va dars boʻlishi, kelajakda yaxshigina yordam berishi, shuning bilan kerakli tanish-bilish orttirish imkonini berishi mumkin. 

@allaevuzb
8.4K viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash