Get Mystery Box with random crypto!

Moʻtabar ONA... - Bolakay uyiga kelib onasiga: 'Bu xatni mak | قمر | Qomar

Moʻtabar ONA...

- Bolakay uyiga kelib onasiga:
"Bu xatni maktabdagi oʻqituvchim berib yubordilar" - deydi. Onasi xatni oʻqib koʻz yoshlarini zoʻrgʻa tutib turdi. Uni bolasiga baland ovozda oʻqib berdi:

«Sizning oʻgʻlingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda taʼlim bering!».

Oradan yillar oʻtdi. Insoniyat tarixiga ulkan ixtiro kashf qilgan inson Edisonning onasi vafot etdi. Kunlarning birida u onasining javonini koʻzdan kechirayotib qutidagi xatga koʻzi tushdi:

Xatda shunday yozilgan edi!
«Sizning oʻglingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!».

Buni oʻqigan Edison rossa yigʻladi va oʻzining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qoʻydi:

- "Edison o'ta kaltafahm bola edi. Lekin onasining go'zal xizmati sababli iqtidor sohibiga aylandi!".

Onaning hayotdagi oʻrni shunday!!!

@all_qomarun