Get Mystery Box with random crypto!

Sog'inch yomon, qo'ymas omon, Borolmayman ishdan ortib. Erta d | قمر | Qomar

Sog'inch yomon, qo'ymas omon,
Borolmayman ishdan ortib.
Erta debon, indin debon,
Vaqt umrimiz olar tortib.

Yuragingiz ohi menman,
Ko'nglingizning dog'i menman,
Kunduzimni qaro qilgan,
Sochingizning oqi menman.

Alo, ona, onajonim,
Sog'inchingiz o'tdi jondan.
Lek bormoqqa yoq imkonim,
Kuyunmang men notavondan.

Alo, ona, jonim onam,
Yuribman, tog' deya qirni.
Alo, ona, jonim onam,
Kechiring men bemehrni.

Parvonaman, sal "yilt" etib,
Qaylardadir nur porlasa.
Borgaydirman darrov yetib,
Olislardan yor chorlasa.

Siz ko'nasiz shu borimga,
Quvonchingiz aritdim men.
Mushtoq aylab, diydorimga,
Ona sizni qaritdim men.

Botirjon Ergashev.

@all_qomarun