Get Mystery Box with random crypto!

#Gozal_duo — Ey Robbim, qancha neʼmatni menga ato qilding, un | قمر | Qomar

#Gozal_duo

— Ey Robbim, qancha neʼmatni menga ato qilding, unga shukr qilishim oz boʻldi!

— Qancha balo bilan sinading, unga mening sabrim oz boʻldi!

— Ey, neʼmatlarga shukrim oz boʻlsa ham, ularni man qilmagan zot!

— Ey, balolarga sabrim oz boʻlsa ham, meni xor qilmagan zot!

— Ey, maʼsiyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan zot!

— Ey, sanogʻsiz va tuganmas neʼmatlarning egasi!

— Taqvo bilan oxiratimga yordam ber!

— Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin!

— Mening nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qoʻymagin!

— Ya Robbim! Sendan yaqin yengillikni va goʻzal sabrni soʻrayman!

— Jamiki balolardan ofiyatni va ofiyat uchun shukrni soʻrayman!

Allohumma amiyn.

@all_qomarun