Get Mystery Box with random crypto!

Konstitutsiyamizning 70-75 moddalarini oʻzgartirish taklifi, b | Alkimyogar Uz

Konstitutsiyamizning 70-75 moddalarini oʻzgartirish taklifi, baʼzi qoraqalpoq doʻstlarimizda – qardoshlarimizda maʼlum xavotirlarga sabab boʻlibdi. Men har doim mintaqada integratsiya, birlashuv tarafdori boʻlganman. Oʻzbekistonni Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻiziston bilan, qolaversa, Ozarbayjon va Turkiya bilan strategik yaqinlashuvi, ittifoqchiligi, birligi tarafdori boʻlganman!
*
Oʻzbekistonni davlat tuzulmasi, sobiq SSSR davrida, ongli ravishda ziddiyatlar bilan rasmiylashtirilgan edi. Oʻzbekiston, oʻzbeklar tarixda hech qachon qoraqalpoq jigarlarimizga jabr-zulm qilmagan. Aksincha, tarixda qoraqalpoq jigarlarimizning ajdodlariga jabr-zulm boʻlganda, xorazm xonlari bu jigarlarimizni asrab qolishgan edi.
*
Bugun ham Oʻzbekiston qoraqalpoq jigarlarimiz oʻzligini saqlab, rivojlantirish yoʻlidan ketayapti. Biz, bir bir millat, bir davlatmiz! Taklif qilinayotgan oʻzgarish – ushbu bir xalqni, qardoshlikni, jondoshlikni orasiga rahna solishi mumkin boʻlgan tashqi kuchlarga fitnalar uchun imkon bermaslik niyatida boʻlayapti. Oʻzbekiston qoraqalpoq oʻzligiga, tiliga va madaniyatiga bosim qilmagan va qilish niyati ham yoʻq!
*
Post-sovet hududida boʻlayotgan provokatsiyalarni koʻrib turib, bu masalada birligimizga qarshi boʻlgan tashqi kuchlarga imkon bermaslik kerak. Asossiz xavotir olayotgan qardoshlarimizga murojaatim shuki, globallashgan dunyoda, Oʻzbekiston qoraqalpoq oʻzligiga, tili va madaniyatiga boʻlgan hurmat-ehtirom, boʻlgan va oshib boradi.

Kamoliddin Rabbimov

@Al_kimyogar_uz