Get Mystery Box with random crypto!

​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to' | Alisher Sadullaev

​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to'lovlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #oltinchiimkoniyat

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha 5 955 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan. Bu qariyb 4,6 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. O'tgan yili bu imkoniyatdan foydalangan talabalar yoki foydalanmoqchi bo'lganlar bormi? Qanday to'siqlarga yoki muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Sizning fikr va takliflaringiz asosida bu tizimga mas'ul bo'lgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan zarur choralarni ko'ramiz, albatta!

@alisher_sadullaev