Get Mystery Box with random crypto!

O'zingizni qadrlang. Hech bir inson sizni o'zingiz o'zingizni | Life💫

O'zingizni qadrlang.

Hech bir inson sizni o'zingiz o'zingizni bilganingiz kabi bilmaydi, shunday ekan atrofdagilarni siz haqingizdagi fikri hech narsani hal qilmaydi. Ularni eshiting ammo qalbga yaqin olmang, qachonki o'zingizni qadrlashni boshlaysiz shundagina atrofdan qadr topasiz.

Hazrati Mavlono shunday degan:

" Men haqimda xulosa qilishdan oldin oyoq kiyimlarimni kiy-da, men yurgan yo'llardan, ko'chalardan, men oshgan tog' va ovullardan o'tib ko'r. Alam, dard va azoblarni totib chiq. Men yashagan yillarni yasha. Men qoqilgan toshlarga qoqil. Yangidan oyoqqa tur va o'sha yo'ldan men kabi yana yur. Ana o'shandan keyin mening qarshimga chiq! "

@alimovnag